TGViewer
Channel Public Channel
Orif Tolib

Orif Tolib

@oriftolib

Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Subscribers
15.1K
Photos
1.5K
Videos
131
Links
2.7K
Recent Posts 18 shown
Post #4898 317

Forwarded from Mutolaa

🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying!

🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda jonli efir boʻladi. Sovg’alarga ega bo’lish uchun siz efirda bo’lishingiz kerak.

* Eslatma: iPhone 17 Pro Max yutib olish uchun eng uzog’i bugun 20:30’gacha 5 daqiqa kitob o’qigan bo’lishingiz shart. 20:30’da efir boshlanadi va shu vaqtda g’oliblar aniqlanadi. 20:30’dan keyin Mutolaa qilganlar hisoblanmaydi.

Mutolaa ilovasini yuklab oling
  • 🤔 2
Post #4897 2.5K
G'ulomjon Sobirov| Turk tili️ Ushbu rasmda oyoqda turgan inson yevropa Sharqshunosligiga va Turkologiyasiga tilimizni madaniyatimizni tanitgan ilk insonlardan Mulla İshoqxon XORAZMLİK Bu kishini bilarmidingiz?
Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquvchilariga Mulla Isʼhoq haqida savol beribdi.

Bu kishi haqida kanalda oldinroq post eʼlon qilgandim:
👉 https://t.me/oriftolib/4476

Mulla Isʼhoq 1836-yili Xiva xonligida tugʻilgan. Qoʻngʻirot qabilasiga mansub oʻzbeklardan boʻlgan, madrasada tahsil olgan. 1863-yili Samarqanddan hajga otlangan karvonga qoʻshiladi va yoʻlda bir darvesh bilan tanishib qoladi. Bu “darvesh” aslida mashhur sharqshunos Arminiy Vamberi edi. Mulla Isʼhoq sharqshunos bilan birga Budapeshtga ketadi, u yerda venger tilini oʻrganib, venger va chigʻatoy (oʻzbek) tili oʻrtasida jonli koʻprikka aylanadi. Gazeta-jurnallar u haqida maqolalar eʼlon qilgach, anchagina dovruq ham qozonadi.

Turkistonlik olim Vengriya Fanlar akademiyasida ishlay boshlaydi. Sharqshunos olimlarga yordam beradi, vengerchadan oʻzbekchaga tarjimalar qiladi. Oʻzbek xalq ertaklarini venger tiliga oʻgirib, kitob holida nashr etadi. Davriy nashrlarda Buxoro va Xivada oʻtkaziladigan toʻy marosimlari haqida maqolalar ham eʼlon qiladi.

Mulla Isʼhoq musofirchilikda Vengriyada vafot etadi.


Suratda: Mullo Isʼhoqning Vengiyadagi qabr toshi. Manba.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 😢 6
Post #4894 2.81K
Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin
 
Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob boʻlganlar koʻp uchraydi. Lekin yaxshi kitob boʻlsa, oʻqiydigan ham topiladi.
 
Hozir oʻsmirlar oʻrtasida eng sevimli kitoblar boʻyicha soʻrov oʻtkazilsa, “Galaktikada bir kun” yetakchi oʻrinda turishi aniq. Yaqinda asarning uchala qismi yaxlit toʻplam holida nashr etildi. Kitobxonlar intiq kutgan, shekilli, yangi adad qoʻlma-qoʻl boʻlyapti.
 
Oʻsmirlar ilmiy-fantastik kitoblarni koʻproq oʻqishi zarur: bu ularning tasavvurini kengaytiradi, fanga intilishini kuchaytiradi. Saʼdullo Quronovning ushbu asari milliy adabiyotimizda katta boʻshliqni toʻldirdi. Voqealar shiddati, sodda til va bosh qahramon Ahmadning topqirligi bolalarni darrov oʻziga ergashtiradi.
 
Men bu turkumning 2–3-qismlariga masʼul muharrirlik qilganman.
 
Farzandingiz yoki oʻzingiz ushbu turkumni oʻqiganmisiz?
 
🔥 – Ha, mutolaa qilganmiz 
😎 – Hali oʻqimadik, rejamizda bor
 
@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 😎 48
  • 🔥 34
  • ⚡ 8
  • ✍ 3
Post #4892 4.6K
Orif Tolib Ertangi dars esingizdami? Siz ham “Katta rahmat!” deb yozgan, aytgan boʻlsangiz kerak. Aslida unda xato bor, lekin bugun koʻpchiligimiz buni sezmaydigan boʻlib qoldik. Tilimizda bunday soʻzlar, iboralar, jumlalar talaygina. Ular asta-sekin nutqimizga, u…
Bunisini eshitganmidinglar?
 
Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha.
 
Bugungi loyiha modullari testida gʻolib boʻlganlarga katta sovgʻalar bor ekan!
 
“Oʻzlik” jami 5 ta moduldan iborat boʻladi va har bir modul yakunida maxsus test oʻtkaziladi. Sizdan talab qilinadigani – har bir testda qatnashib, ball yigʻib borish. 5 ta modul yakuniga koʻra eng yuqori natijani koʻrsatgan qatnashchilar asosiy sayohat yoʻllanmalariga ega chiqishadi!
 
🎁 Bosh sovrinlar esa chakki emas:
 
🥇 1-oʻrin: Turkiyaga sayohat! 🇹🇷 
🥈 2-oʻrin: Ozarbayjonga sayohat! 🇦🇿 
🥉 3-oʻrin: Oʻzbekiston boʻylab sayohat! 🇺🇿
 
📍 Test manzili: Maxsus Telegram botʼda ekan.
 
Bunaqa imkon har doim ham boʻlavermaydi. Foydalaning. Boshqa modullarda ham qatnashing. Oldingi modullarni YouTubeʼdan koʻring. Mukofotga ega chiqmaganlar ham kamida bilim-maʼlumotga ega chiqadi.
 
Manzilni post ostiga joylab qoʻyaman.
 
@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 7
  • ✍ 2
  • 🤔 1
  • 😢 1
Post #4891 4.91K
O‘zlik 🔥 So‘zlar va matnlar ortiga yashiringan o‘zlik: Biz qanday yozyapmiz? Loyihamizning 2-moduli — “Til oyligi” doirasidagi navbatdagi, aqllarni charxlaydigan darsimizga tayyormisiz? Matn — bu shunchaki harflar yig'indisi emas, u millatning xarakteri, madaniyati…
Ertangi dars esingizdami?
 
Siz ham “Katta rahmat!” deb yozgan, aytgan boʻlsangiz kerak. Aslida unda xato bor, lekin bugun koʻpchiligimiz buni sezmaydigan boʻlib qoldik. Tilimizda bunday soʻzlar, iboralar, jumlalar talaygina. Ular asta-sekin nutqimizga, u orqali tafakkur tarzimiz va hayotimizga ham taʼsir qiladi.
 
Matn shunchaki harflar tizmasi emas. Soʻz tanlovimiz millatning tafakkur tarzini, qadriyatlarini saqlaydi yoki yoʻqotadi.
 
📚 Mavzu: Milliy oʻziga xoslik matnlarda qanday aks etadi?
 
▫️ Nega baʼzi “toʻgʻri” jumlalar aslida oʻzbekcha emas?
 
▫️ Tarjima va kalka xatolari matnimizni qanday begonalashtiradi?
 
▫️ Sunʼiy intellekt davrida muharrirning oʻrni nega yoʻqolmaydi?
 
▫️ Xalq maqoli, askiya, sheʼriyat – bugungi matnlarda qanday yashab qolyapti?
 
🗓 Sana: 18-sentyabr 
⏰ Boshlanishi: 19:20 
📍 Manzil: Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi
 
@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 18
  • ⚡ 1
  • 🤔 1
  • 😢 1
Post #4890 4.33K
Mevaga aylangan vazir va “shagʻal” taʼmli shakar: tilimizdagi sanskritcha sirlar
 
“Qudratli roja shatranj oʻynab, shakardek shirin mandarin yeyayotganida baxshi jasorat haqida kuylardi”.

 
Bu jumlaning qariyb yarmi sanskrit soʻzlari ekaniga ishonasizmi? Eng qadimiy tillardan biri boʻlgan va dunyoning juda koʻp tillariga soʻzlar hadya qilgan sanskrit tili oʻzbekchaga ham begona emas. “Daryo” nashrida oʻz soʻzlarimizga aylanib ketgan, ildizlari sanskrit tiliga borib taqaladigan soʻzlar haqida hikoya qildim.
 
▫️ Hind zaminidan chiqqan egizaklar
 
▫️ Bolamizni “shagʻal” deb erkalaymizmi?
 
▫️ Poʻsti archilgan “amaldor”
 
▫️ Jadidlarni norozi qilgan atama: “sart” aslida nima degani?
 
▫️ Qozonga tushsa – chalpak, boshga tushsa-chi?
 
▫️ Mushuk ovlolmaydigan “sichqon”lar
 
▫️ “Bangi”ning rangi
 
▫️ Toʻningiz koʻkmidi, Nilufar?
 
▫️ Taomlarga maza bergan “pul”lar
 
▫️ Bizda urf boʻlgan, Yevropada taqiqlangan
 
Toʻliq oʻqish:
👉 https://daryo.uz/rjWfxy_Dg
 
@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 23
Post #4889 4.4K
Xalqaro toʻplam uchun maqolalar qabuli
 
Turkiyadagi Alisher Navoiy vaqfi mutafakkirning davlatchilik va boshqaruv faoliyati, ijodida bu mavzuning yoritilishiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy toʻplamga maqolalar qabul qilyapti.
 
Muhim jihati: saralangan maqolalar uchun mualliflarga qalam haqi toʻlanadi. Tezis topshirish muddati – 1-noyabrgacha. Maqolalar turk tilida topshiriladi.
 
Barcha yoʻnalishlar va talablar yuqoridagi suratda.
 
Nasib qilsa, ushbu toʻplamga men ham maqola bermoqchiman. Qoʻlimda oʻzimni hayratlantirgan, koʻpchilikka qiziq boʻladigan qimmatli maʼlumotlar bor. Siz-chi, qatnashasizmi?
 
🔥 – albatta, tezis yuboraman 
😎 – navoiyshunoslarga ulashaman
 
@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 23
  • 😎 19
  • ⚡ 5
Post #4888 3.67K

Forwarded from O‘zlik

🔥 So‘zlar va matnlar ortiga yashiringan o‘zlik: Biz qanday yozyapmiz?

Loyihamizning 2-moduli — “Til oyligi” doirasidagi navbatdagi, aqllarni charxlaydigan darsimizga tayyormisiz?

Matn — bu shunchaki harflar yig'indisi emas, u millatning xarakteri, madaniyati va qiyofasini ko'rsatuvchi eng aniq oynadir. Xo‘sh, bugungi yozishmalarimizda, ijtimoiy tarmoq, adabiyot va OAV matnlarida milliy o‘ziga xosligimiz qay darajada saqlanib qolgan? Aslida u qanday bo'lishi kerak?

Navbatdagi ochiq darsimizda aynan shu mavzuda eng dolzarb va qiziqarli savollarga javob izlaymiz.

🎤Spiker: "Ibrat farzandlari" loyihasi savodxonlik darslari muallifi, muharrir Orif Tolib
📚Mavzu: Milliy o‘ziga xoslik matnlarda qanday aks etadi?
🗓 Sana: 18-sentabr, 2026-yil
⏰ Vaqti: 19:20
📍 Manzil: Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi

Kirish barcha uchun erkin, o'zligini anglashni istagan barchani kutamiz!

Telegram | Instagram | Facebook | X
  • 🔥 18
  • ⚡ 8
  • ✍ 2
Post #4886 8.22K
40 ming “yozuvchi” nega ishsiz qoldi?
 
Xorijlik talabalar uchun esselar va boshqa xil ishlar yozish Keniyada 40 ming yoshning asosiy daromad manbai edi. Ular har bir esse uchun 40–70 dollar olib, oʻz sohasidan 5 barobar koʻp pul topardi. ChatGPT ommalashgach, buyurtmalar toʻxtab, bu tarmoq batamom kasodga uchradi.
 
Hatto 100 nafar muallifni ishlatgan yirik bizneslar ham eshigini yopdi. Bu voqeani ijodkorlar uchun jiddiy ogohlantirish desa boʻladi.
 
Sizningcha, sunʼiy intellekt mualliflar oʻrnini bosa oladimi?
 
🔥 – Insoniy tafakkurni yengolmaydi
😎 – Koʻp qalamkashlarni siqib chiqaradi
 
@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 255
  • 😎 106
  • 😢 15
  • ✍ 5
Post #4884 16.5K
28 harf va bitta belgi: Senat alifbo islohotini maʼqulladi
 
Bugun Senat lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga oʻzgartirish kiritishga oid qonunni maʼqulladi, deb yozyapti Daryo.uz. Hujjatga muvofiq, noqulay harf birikmalari chiqarilib, alifbo 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat boʻladi.
 
Qonun kuchga kirguniga qadar chiqarilgan rasmiy hujjatlar, milliy valyuta va peshlavhalar yaroqsiz holga kelgunicha muomalada qolaveradi. Islohot qonun rasman eʼlon qilinganidan olti oy oʻtib kuchga kiradi.
 
@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 😢 87
  • 🔥 43
  • ⚡ 5
  • ✍ 3
  • 🤔 2
Post #4883 9.9K
Ijtimoiy tarmoqlarning foydalari

7-sinf “Ona tili” darsligida bir maqolamga QR kodli havola berilgan. Maqola matnini soʻraganlar, QR kod rasmini joʻnatganlar koʻp boʻldi.

Quyida maqolaning anonsi va toʻliq shakliga havola berilyapti.


Axborot asrida zamonaviy texnologiyalar hayotimizga tobora koʻproq kirib boryapti. Bugun hatto bogʻcha tarbiyalanuvchisi ham mobil telefondan, undagi ilovalar va internetdan foydalanishni oʻrganib olyapti. Katta-yu kichik orasida internetdan foydalanuvchilar, vaqtini koʻproq u bilan oʻtkazuvchilar ortyapti. Kelajak hayotni internet va hali kashf etilmagan yuqori texnologiyalarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Toʻgʻri, ular ijobiy va salbiy xususiyatlarga ega. Biroq yuksak texnologiyalardan unumli foydalanmaslik yoki yoshlarga olaboʻji qilib koʻrsatish faqat va faqat zarar keltiradi xolos.

Yuqoridagi fikrlar ijtimoiy tarmoqlarga ham tegishli. Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ham oltin qoidaga – meʼyorni unutmaslik shartiga amal qilish zarur. Keling, ularning ijobiy jihatlari haqida mushohada yuritamiz:

1️⃣ Izlash va muloqotdagi qulaylik.

2️⃣ Axborot topish va almashishdagi yengillik.

3️⃣ Shaxsiy tarbiya, oʻzini oʻzi rivojlantirish vositasi.

4️⃣ Biznes yuritishda beminnat yordamchi.

5️⃣ Turli ijtimoiy aksiyalar va yordamlar.

6️⃣ Ijodkorlar va boshqa soha vakillari uchun keng maydon.

Toʻliq oʻqish:
👉 Saytda
👉 Telegraph

🟢 Maqolani ona tili va adabiyot oʻqituvchilariga yuborib qoʻying.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 15
  • ⚡ 5
Post #4882 6.18K
Ustozlar oʻziga ustozni qayerdan topadi?
 
Bilishning oʻzigina kamlik qiladi. Ayniqsa, oʻqituvchilikda. Oʻzingda borini boshqalarga yetkazishni ham bilishing kerak. Lekin buni oʻrgatadigan tajribali mutaxassislar kam. Yaqinda Muhammad Uralovning ishlari bilan tanishib, loyihalariga qiziqib qoldim. U Prezident maktabida dars bergan, hozir Mudarris maktabida akademik direktor boʻlib ishlaydi. Bu yigit yoʻlga qoʻygan Zamonaviy pedagog loyihasi orqali 1500 ga yaqin ustoz oʻz dars uslubini yangilabdi. Bitiruvchilarning 93 foizi kursni hamkasblariga tavsiya qilgani esa diqqatga loyiq.
 
Muhammad Pedagog Podcast loyihasi hamda MuallimMuhammad kanalida taʼlimdagi nozik nuqtalarga eʼtibor qaratadi, amaliy tajribalarini ulashadi.
 
Oʻz ustida ishlaydigan pedagoglar uchun ajoyib tajriba maydoni. Bilim va koʻnikmalarini muntazam yangilab boradigan ustozlar obroʻ-eʼtiborda ham, daromadda ham bir bosh baland boʻlishadi.
 
Mana bu postlar bilan oʻzingiz bir tanishib koʻring:
 
▫️ Birinchi darsni qanday oʻtaman?
▫️ Qanday qilib kuchli ustoz bo‘lish mumkin? 
▫️ Feʼl-atvorli bolalar bilan qanday ishlasak bo’ladi?
▫️ Yaxshi pedagog qanday pul topishi kerak? 
▫️ Tanbeh berish mahorati: Gvardioladan nima oʻrganish mumkin? 
 
Siz dars berish mahoratingizni qanday oshirasiz?
 
🔥 – maxsus kurslarda oʻqiyman 
😎 – faqat mustaqil izlanaman
 
@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 😎 36
  • 🔥 14
  • ⚡ 7
Post #4881 5.57K

Forwarded from Orif Tolib

📚 Oʻzbek tiliga oid eng kerakli kitob va lugʻatlar

Oʻquvchi, abituriyent, oʻqituvchi, bloger, kopirayter, jurnalist, matbuot kotibi, davlat xizmatchisi, xullas, matnga ishi tushadigan har qanday kishiga zarur boʻlgan 26 ta kitob, qoʻllanma va lugʻatni bitta joyga toʻpladim.

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi saytiga joylangan ushbu manbalarni oʻzingizga kerakli boʻlimdan bemalol yuklab oling:


✍️ Umumiy tilshunoslik va imlo lugʻatlari
▫️ Oʻzbek tili frazeologik lugʻati
▫️ Oʻzbek tili sinonimlarining izohli lugʻati
▫️ Oʻzbek tili sinonimlarining katta izohli lugʻati (2 jild)
▫️ Oʻzbek tilining katta imlo lugʻati
▫️ Oʻzbek tilining oʻquv imlo lugʻati
▫️ Oʻzbek tilining orfoepik lugʻati
▫️ Oʻzbek xalq soʻzlari
▫️ Ózbekshe-qaraqalpaqsha sózlik

🏢 Ish yuritish va rasmiy hujjatlar
▫️ Davlat tilida ish yuritish (lotin)
▫️ Mámleketlik tilida is júrgiziw (Qoraqalpoq tilida)

🔬 Maxsus sohalarga oid atamalar
▫️ Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lugʻati
▫️ Bank-moliya terminlarining oʻzbek tilidagi izohli lugʻati
▫️ Diplomatik terminlar izohli lugʻati
▫️ Yuridik terminlarning ruscha-oʻzbekcha lugʻati
▫️ Tibbiy atamalar lugʻati
▫️ Oʻzbek harbiy terminologiyasi
▫️ Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lugʻati
▫️ Xalqaro terminelementlarning izohli-illyustrativ lugʻati (lotin)

🎓 Tarix, adabiyot va toponimika
▫️ Alisher Navoiy ensiklopediyasi (4 jildlik)
▫️ Oʻzbek tili shakllanish va rivojlanish tarixi
▫️ Oʻzbek shevalari tadqiqotlari: konferensiya materiallari
▫️ Oʻzbek adabiyotini oʻqitish metodikasi
▫️ Oʻzbek tilini ikkinchi til sifatida oʻqitish metodikasi
▫️ Oʻzbekiston joy nomlari (2 jildlik)
▫️ Oʻzbekiston joy nomlarining izohli lugʻati
▫️ Soʻz xiyoboni (adiblar soʻz taʼrifida)

📌 Bu post qachondir albatta asqatadi. Yoʻqotib qoʻymaslik uchun saqlab oling va doʻstlaringizga ham yuboring!


@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
  • 🔥 46
  • ⚡ 4
Post #4880 13.6K
77 yoshli Murakamining yangi romani talash boʻlyapti
 
Tanqidchilar qariyb yarim asr davomida Haruki Murakamini ayollarni faqat ikkinchi darajali qahramon sifatida tasvirlashda ayblab keladi. Biroq 77 yoshli adib oʻzining 16-romani – The Tale of Kaho asarida bu qarashni butkul parchaladi: u ilk bor butun syujetni ayol nigohi orqali qalamga oldi.
 
Yaponiyada kitobxonlar ilk 300 ming nusxani bir necha kunda xarid qilib tugatdi. Asarning xalqaro bozordagi taqdiri ham qizgʻin kechyapti: Janubiy Koreyaning 10 dan ortiq yetakchi nashriyoti uning tarjima huquqi uchun auksionda kurashyapti. Muallifning agentlari gʻolibni katta taklifga qarab emas, nashriyotning nufuzi va kitobni targʻib qilish byudjetiga tayanib tanlaydi.

Ajoyib-a? Asaringni chop etish uchun nashriyotlar kimoshdi savdosida kurashsa!
 
Siz Murakamining biror asarini oʻqiganmisiz?
 
🔥 – Albatta, uning uslubi yoqadi 
😎 – Endi oʻqimoqchiman

 
@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 😎 180
  • 🔥 58
  • 🤔 22
  • ✍ 4
  • ⚡ 1
Post #4878 8.24K
2 million dollarlik bitim nega bekor boʻldi?
 
AQSH nashriyotlari Jerri Faladening detektiv romani uchun 2 million dollardan ziyod narx taklif qildi. Biroq oradan koʻp oʻtmay, adabiy agentlik kitobni kimoshdi savdosidan qaytarib oldi. The Guardian nashri yozishicha, bunga qoʻlyozmada sunʼiy intellekt qoʻllangani haqidagi shubha sabab boʻldi.
 
Agentlik muallifdan asarning qoralamalarini koʻrsatishni, qanday sayqallanganini isbotlashni soʻradi. Falade yozilish jarayoni tarixini koʻrsatolmagach, noshirlar tavakkal qilishdan chekindi. Chunki amaldagi qonunchilik boʻyicha SIda yaratilgan matnga mualliflik huquqi berilmaydi.
 
Yozuvchining oʻzi esa ayblovlarni mutlaqo rad etyapti. Bu voqea ijodkorlar uchun jiddiy saboq: bugun qoʻlyozmaning har bir tahrir bosqichini arxivlab borish ham hayotiy zaruratga aylanyapti.
 
Siz ijodiy matnlaringizning qoralamalarini saqlab borasizmi?
 
🔥 – Albatta 
😎 – Yoʻq

 
@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 58
  • 😎 47
  • ⚡ 7
Older posts →

About this channel

How can I read @oriftolib without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Orif Tolib: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Orif Tolib have?
Orif Tolib (@oriftolib) has 15.1K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Orif Tolib know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →