TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #4488 9.42K
Sunʼiy idrok yozgan matnni qanday farqlash mumkin?

Sunʼiy idrok yozgan matnlar koʻpaygani sari ularni inson yozgan matnlardan ajratishning ahamiyati ham oshib boryapti. SI taqdim etayotgan matnlarda bir qancha kamchiliklar bor. Toʻgʻri, borgan sari matn sifati yaxshilanyapti, biroq hozircha neyrotarmoq matnlarini qoniqarli deb baholab boʻlmaydi. Ayniqsa oʻzbekchada.

SI yaxshi yordamchi, uni dushman deb bilmaslik kerak. Biroq tabiiy idrokning oʻrnini unga toʻliq boʻshatib berish ham aqldan emas.

Xoʻsh, SI yozgan matnlarni qanday farqlash mumkin?

Birinchisi – takrorlar va qolip ifodalar. Gaplar bir xil tuzilgan boʻladi, matnda biroq, xulosa qilib aytganda, maʼlumotlarga koʻra, natijada kabi iboralar, nafaqat..., balki qolipidagi jumlalar haddan tashqari koʻp ishlatiladi. Uslub zerikarli, ohang bir maromda ketaveradi.

Ikkinchisi – mazmundagi oʻxshashliklar. Sunʼiy idrok oʻzi fikr oʻylab topa olmaydi. Faqat oʻrgangan maʼlumotlaridan foydalanadi. Shu bois baʼzan matnlar bir-biriga oʻxshash chiqib qoladi. Lekin u sizni yangi gʻoyalarga yoʻllashi mumkin, maʼlum bir mavzuda eʼtibordan chetda qolgan jihatlarni topib berishda ham juda asqatadi.

Uchinchisi – fikrlar oʻrtasidagi uzilish. Baʼzan gaplar mavzu boʻyicha ketayotgandek tuyuladi, lekin toʻsatdan boshqa yoqqa burilib ketadi. Bunga sabab sunʼiy idrok chuqur kontekstni, mazmundagi yaxlitlikni tushuna olmay qolishida.

Yuqoridagi belgilar SI yozgan matnlarni ajratishga yordam beradi. Bu koʻnikma ayniqsa jurnalistika, taʼlim yoki ilm-fan sohasi vakillari uchun juda kerakli.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →