TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #4897 3.35K
G'ulomjon Sobirov| Turk tili️ Ushbu rasmda oyoqda turgan inson yevropa Sharqshunosligiga va Turkologiyasiga tilimizni madaniyatimizni tanitgan ilk insonlardan Mulla İshoqxon XORAZMLİK Bu kishini bilarmidingiz?
Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquvchilariga Mulla Isʼhoq haqida savol beribdi.

Bu kishi haqida kanalda oldinroq post eʼlon qilgandim:
👉 https://t.me/oriftolib/4476

Mulla Isʼhoq 1836-yili Xiva xonligida tugʻilgan. Qoʻngʻirot qabilasiga mansub oʻzbeklardan boʻlgan, madrasada tahsil olgan. 1863-yili Samarqanddan hajga otlangan karvonga qoʻshiladi va yoʻlda bir darvesh bilan tanishib qoladi. Bu “darvesh” aslida mashhur sharqshunos Arminiy Vamberi edi. Mulla Isʼhoq sharqshunos bilan birga Budapeshtga ketadi, u yerda venger tilini oʻrganib, venger va chigʻatoy (oʻzbek) tili oʻrtasida jonli koʻprikka aylanadi. Gazeta-jurnallar u haqida maqolalar eʼlon qilgach, anchagina dovruq ham qozonadi.

Turkistonlik olim Vengriya Fanlar akademiyasida ishlay boshlaydi. Sharqshunos olimlarga yordam beradi, vengerchadan oʻzbekchaga tarjimalar qiladi. Oʻzbek xalq ertaklarini venger tiliga oʻgirib, kitob holida nashr etadi. Davriy nashrlarda Buxoro va Xivada oʻtkaziladigan toʻy marosimlari haqida maqolalar ham eʼlon qiladi.

Mulla Isʼhoq musofirchilikda Vengriyada vafot etadi.


Suratda: Mullo Isʼhoqning Vengiyadagi qabr toshi. Manba.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 😢 9
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  4. Sep 18, 2026Post #4893
  5. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
  6. Sep 17, 2026Ertangi dars esingizdami? Siz ham “Katta rahmat!” deb yozgan, aytgan boʻlsangiz kerak. Asl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →