TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #4476 9.79K
Madrasadan Vengriya fanlar akademiyasiga

Koʻpchilik bilmaydigan tadqiqotchi – Mulla Isʼhoq hikoyasi

Mulla Isʼhoq haqida koʻpchiligimiz eshitmagan boʻlsak kerak. U 1836-yili Xiva xonligida tugʻilgan. Qoʻngʻirot qabilasiga mansub oʻzbeklardan boʻlgan, madrasada tahsil olgan. 1863-yili Samarqanddan hajga otlangan karvonga qoʻshiladi va yoʻlda bir darvesh bilan tanishib qoladi. Bu “darvesh” aslida mashhur sharqshunos Arminiy Vamberi edi. Mulla Isʼhoq sharqshunos bilan birga Budapeshtga ketadi, u yerda venger tilini oʻrganib, venger va chigʻatoy (oʻzbek) tili oʻrtasida jonli koʻprikka aylanadi. Gazeta-jurnallar u haqida maqolalar eʼlon qilgach, anchagina dovruq ham qozonadi.

Turkistonlik olim Vengriya Fanlar akademiyasida ishlay boshlaydi. Sharqshunos olimlarga yordam beradi, vengerchadan oʻzbekchaga tarjimalar qiladi. Oʻzbek xalq ertaklarini venger tiliga oʻgirib, kitob holida nashr etadi. Davriy nashrlarda Buxoro va Xivada oʻtkaziladigan toʻy marosimlari haqida maqolalar ham eʼlon qiladi.

1871-yili Mulla Isʼhoq bir venger duradgorining qiziga uylanadi, Iskandar va Fotima ismli farzandlar koʻradi.

Oʻsha davr matbuotida Mulla Isʼhoq Xivaga bormoqchi boʻlgani, lekin urush sabab bu niyati amalga oshmagani haqida yozilgan.

1892-yilning mart oyida Mulla Isʼhoq yurak xastaligi sabab kasalxonaga tushib qoladi, ammo tez orada sogʻayib, uyiga qaytadi. Shundan soʻng u dam olish uchun Budapesht yaqinidagi Velense qishlogʻiga boradi va shu yerda 10-may kuni vafot etadi. Arminiy Vamberining saʼy-harakatlari bilan unga janoza oʻqiladi va qishloqdagi qabristonga dafn etiladi. Dafn marosimini Budapeshtda xizmat qilayotgan bir imom oʻtkazadi. Olimning qabr toshiga “Mulla Sodiq” deb yoziladi. Uning vafoti koʻplab mahalliy gazetalarda yoritiladi.

Manbalarda xivalik bu tadqiqotchi Mulla Isʼhoq Ibrohim, Mulla Isʼhoq, Mulla Sodiq kabi nomlar bilan tilga olinadi. Ustozi Arminiy Vamberi esa uni Isʼhoq Chigʻatoy deb atagan. Manbalarda u umrining oxirigacha oʻz dinini saqlab qolgani qayd etilgan.

🎞 Suratda: Mulla Isʼhoq va Arminiy Vamberi.

Mulla Isʼhoq haqida:
🔹 Vengriyalik sayohatchi Oʻzbekistonga kelgani va oʻzbek yigiti Vengriyaga borgani haqida
🔹 Uyimda yoʻqdir goʻjalik, koʻnglim istaydi xoʻjalik – XIX asr venger jurnalida eʼlon qilingan oʻzbek maqollari
🔹 Avstriyada taniqli oʻzbek olimi Mulla Isʼhoq Ibrohim haqida salmoqli maqola eʼlon qilindi
🔹 Vengriyada atoqli oʻzbek olimi Mulla Sodiq xotirasi yodga olindi
🔹 Mullo Isʼhoq

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • ✍ 3
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →