TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #796 2.05K
Venger tilidagi turkiycha soʻzlar

Venger (mojor) tili turkiy tillar oilasiga kirmaydi, u fin-ugor tillari oilasiga mansub. Lekin vengerlar uzoq yillar turkiy qavmlar bilan qoʻshnichilikda yashagan, faol ijtimoiy-iqtisodiy aloqada boʻlgan. Shu bois juda koʻp turkiy soʻzlar oʻzlashtirilgan. Baʼzi soʻzlarning talaffuzini eshitib: “Oʻzbekacha-ku!” deb yuborish ham hech gap emas. Hatto ota va ona soʻzlari ham mojorchada oʻzbekchaday jaranglaydi.

Baʼzi oʻzlashma soʻzlar zamonaviy venger tilida boshqa maʼnodoshlariga nisbatan kam ishlatiladi.

Olimlar fikricha, vengerlarning ajdodlari Uraldan shimolroqdagi dasht hududlarida yarim koʻchmanchi tarzda yashagan chorvador elatlardir. Venger soʻzi Yevropa tillarida ungar, hungar, ungrar kabi shakllarda uchraydi. Bu talaffuzlarga asos boʻlgan soʻz esa bulgʻorcha oʻn oʻgurdir. Mashhur rus tilshunosi Fasmerga koʻra, oʻn oʻgur turkiy tillardagi oʻn oʻgʻuzdan, yaʼni oʻn oʻgʻiz elati demak.

Oʻrta asrlarda Vengriyani xunlar oʻlkasi deb hisoblashgan.

Vergerlar oʻzlarini madyor, yaʼni mojor deb ataydi.

Maʼlumot uchun: Vengriya Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashida kuzatuvchi mamlakat hisoblanadi.

Quyida venger tiliga turkiy tillardan oʻtgan baʼzi soʻzlarni eʼtiboringizga havola etaman.

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib Bular aslida ruscha emas: rus tiliga oʻzlashgan turkiycha soʻzlar Yogurt, stakan, utyug, kirpich kabi soʻzlar asli oʻzbekcha ekani, rus tiliga turkiy tillardan oʻzlashgani haqida maktab darsligida berilgan maʼlumot ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga…
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →