TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2424 7.48K
Tilimizni bilamizmi: doʻppi kiygan soʻzlar – gʻirt oʻzbekcha boʻlib ketgan 15 ta oʻzlashma

Baʼzi doʻstlarning mehr-oqibatini koʻrib ham hayron qolasiz, ham havas qilasiz: tugʻishgan, qondoshdan koʻra yaqinroqqa oʻxshaydi. Aslini surishtirsangiz, bir-biriga yetti yot begona. Tilda ham shunga oʻxshash hodisa bor. Chetdan kelgan soʻz tilga singishib ketadi, oʻz soʻzimizga aylanadi. Oʻsha tilning egasi boʻla turib, uning oʻzlashma ekani – ajnabiy tildan kirganini koʻpda farqlayvermaymiz.

Oldinroq “Daryo” nashrining “Tilimizni bilamizmi?” ruknida rus tilidan kirgan ana shunday 15 ta soʻz haqida maʼlumot bergandim. Bugun boshqa chet tillaridan kirgan va tilimizga “qoni qoʻshilib ketgan” 15 ta soʻzni sharhladim:

🔹 Antiqa va osori atiqa
🔹 Bambuk – daraxtsimon oʻsimlik
🔹 Baxshi – qadim soʻz
🔹 Dakki – hindistonlik
🔹 Daftar va qalam – asli yunoncha
🔹 Javon – “taxtali rom” degani
🔹 Zumrad va Esmeralda – egizaklar
🔹 Iqlim – yetti iqlim kezgan soʻz
🔹 Kalish milliy kiyim emas
🔹 Kamzul – el kezgan soʻz
🔹 Qaysar – aslida kishi nomi
🔹 Qandil: shamdan chiroqqa
🔹 Nomus – qonunga bogʻliq
🔹 Obuna – yozilish, imzo chekish
🔹 Sandiq – sandiq toʻla tarix

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

Toʻliq:
👉 https://daryo.uz/2022/11/01/tilimizni-bilamizmi-doppi-kiygan-sozlar-girt-ozbekcha-bolib-ketgan-15-ta-ozlashma/

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 16
  • 🤨 11
  • 👍 8
  • 😱 1
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →