TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2477 5.08K
Sandiq – sandiq toʻla tarix

Sandiq
soʻzi oʻzbekchaga arab tilidan oʻzlashgan. Arab tiliga esa yunon tilidan oʻtgan. Yunoncha syndokeion soʻzi yogʻoch qutini anglatadi. Oʻrta asrlarda bunday qutilar yaxlit gʻoʻladan, katta hajmli yogʻochdan oʻyib ishlangan. U stol, stul, karavot vazifalarini bajargan, ichida turli roʻzgʻor buyumlari, kitoblar va qurollar saqlangan. Qirollar bir qasrdan boshqasiga koʻchganda xazina temir qoplamali sandiqlarda tashilgan.

Kelinlar qadimda seplarini kuyovnikiga sandiqda olib borgan. Bu odat bugungacha saqlanib kelyapti.

Sandiq soʻzi turkiy tillarda turli talaffuz variantlarida uchraydi. Bu soʻz turkiy tillardan rus va ukrain tillariga sunduk shaklida oʻtgan.

Hozirgi oʻzbek tilida sandiq turli buyumlarni, bisotlarni solib qoʻyishga moʻljallangan, ochilib-yopiladigan qopqoqli, qulf-kalitli, yashik shaklidagi uy-roʻzgʻor buyumini bildiradi:

Men keltirgan atlasni Yorim soldi sandiqqa.
“
Qoʻshiqlar”.

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 39
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →