TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1987 4.84K
“Qirol”ning kechmishi

Podshoh va podshohlik soʻzlari oʻrnida qirol va qirollik soʻzlarini yanglish qoʻllash holatlari haqida oldinroq yozgan edim. Tarixan Oʻrta Osiyo va Sharq mamlakatlarida qirollar boʻlmagan. Hukmdorlar xoqon, podshoh, shoh, xon, amir, sulton, malik, van, tenno deb atalgan. Buni qirol soʻzining etimologiyasi ham tasdiqlaydi.

Qirol soʻzi franklar qiroli Buyuk Karl (lotincha Carolus Magnus, 742-814) nomiga borib taqaladi. Qadimgi german tilida kerl soʻzi erkak, yigit maʼnosini bergan. U keyinchalik ismga aylangan. Yevropada Karl ismli juda koʻp qirollar oʻtgan.

Rus tili orqali kirib kelgan korol oʻzbek tilida tabiiy oʻzgarishlarga uchragan va qirolga aylangan. Begonalik xususiyatini yoʻqotib, tilga singib ketgan.

Qirol soʻzining etimologiyasi boʻyicha boshqa fikrlar ham bor, lekin ular u qadar ishonchli emas.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 37
  • 🔥 5
  • 😱 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →