“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi?
Britaniya va AQSH maktab oʻquvchilari orasida “sunʼiy intellekt” soʻzi oʻziga xos haqorat maʼnosida ommalashyapti. Yoshlar biror narsaning soxta yoki samimiyatsiz ekanini bildirish uchun “Bu gʻirt SI-ku!” iborasini faol qoʻllayapti.
Oʻsmirlar nazarida SI mahsulotlari sirtidan silliq koʻrinsa-da, tagi boʻsh va qalbaki. Shu bois ular kundalik hayotdagi hissiz munosabatlar va yasama xatti-harakatlarni sunʼiy idrokka qiyoslay boshladi.
Yozuvchi Kori Doktorou 2024-yil 14-sentyabrdagi maqolasida buni tasdiqlaydi: uning qizi va tengdoshlari bu iborani “arzon va sifatsiz narsa” maʼnosida ishlatadi.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #4900
2.08K
- 🔥 37
- ⚡ 20
- ✍ 8
- 😢 1