Yashik ruscha ящик soʻzidan olingan. Uning ildizi qadimgi slavyan tilidagi yask – savat soʻziga borib taqaladi. Slavyan tillariga skandinav tillaridan oʻtgan. Yashik rus tilida XVII asrdan sandiq, quti maʼnolarida qoʻllanishni boshlagan. Oʻzbek tilida narsa solish, saqlash uchun foydalaniladigan, odatda toʻrtburchak shaklidagi buyumni anglatadi:
Uning qoʻliga bogʻichli yogʻoch yashikchani tutqazib, Chorsuga tashlab oʻtishini tayinladi.
A. Obidjon, “Akang qaragʻay Gulmat”.
#Oʻzbekchalashgan_oʻzlashmalar
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #2142
3.84K

- 👍 15