Doktorantlar uchun nomli stipendiyalar tanlovi eʼlon qilindi
Fanlar akademiyasi tayanch doktorantlar uchun nomli stipendiyalar tanlovini eʼlon qildi. Stipendiyalar uch yoʻnalishda: fizika-matematika va texnika, kimyo-biologiya va tibbiyot hamda ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha beriladi.
Tanlovda birinchi va ikkinchi bosqichni 2026-yilda yakunlaydigan izlanuvchilar qatnashishi mumkin. Talabgorlar ilmiy ishlar roʻyxati va ilmiy rahbar xulosasini kengash tasdigʻidan oʻtkazib topshiradi. Hujjatlar 2026-yil 21-sentyabrdan 21-oktyabrga qadar qabul qilinadi.
Stipendiya har bir yoʻnalish boʻyicha 5 kishiga 12 oy davomida mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5 baravari hajmida toʻlanadi.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #4905
1.31K

- ✍ 1