Xavotirlarimizning qancha qismi asosli?
Bizni halok qiladigan emas, qoʻrqitadigan omillar koʻproq. Rim faylasufi Seneka inson reallikdan koʻra oʻz tasavvurida koʻproq azob chekishini yozgan edi.
Tadqiqotlarga koʻra, xavotirlarimizning 92 foizi mutlaqo xayoliy – atigi 8 foizigina real asosga ega. Bugun shiddatli axborot oqimi bu kichik ehtimolni ulkan xavfdek koʻrsatib, vahimani sunʼiy kuchaytiryapti.
Hali yuz bermagan voqealarni oʻylab, inson oʻzini baxtsiz qilmasligi kerak. Xotirjam yashash uchun ortiqcha xavotirdan tiyilgan maʼqul: dahshatga soluvchi xavflarning aksariyati hech qachon roʻy bermaydi.
👉 Toʻliq oʻqish
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #4906
926

- ⚡ 5
- ✍ 2
- 😢 2