TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #2621 6.59K
Orif Tolib Bu qaysi soʻz? Bu soʻz asliyatda oʻy-xayol, jon, istak, farosat, qalb kabi maʼnolarni anglatadi. Lekin oʻzbekchada maʼnosi oʻzgarib ketgan. Bu soʻzning birlik shakli esa oʻzbekchaga asliyatdagi maʼnoga yaqin shaklda oʻtgan. Biz uni yod, xayol, fikr, miya…
Xotir va xavotir

Gap xavotir soʻzi haqida edi. Xavotir soʻzi arab tilidan olingan, xotir soʻzining koʻplik shakli. U asliyatda oʻy-xayol, jon, istak, farosat, qalb kabi maʼnolarni anglatadi. Lekin oʻzbekchada tamom boshqacha mazmunni olgan. Bu soʻz biror kimsa, narsa yoki biror ish, hodisa haqida tashvishlanish, hadiksirashni anglatadi:

Haydar boshini koʻtardi, Kozimga xavotir aralash sinchkov boqdi.
E. Usmonov, “Yolqin”.

Tilimizda xavotir boʻlmoq, xavotir olmoq, xavotir qilmoq, xavotirga tushmoq, xavotirga solmoq kabi iboralar bor. Bu iboralar tarkibida ham xavotir tashvishlanish, hadiksirash mazmunini tashiydi.

Xavotirning birligi xotir esa asliyatda oʻy, fikr; gʻoya; aql, farosat; qalb; istak kabi maʼnolarni anglatadi. Oʻzbek tilida asliyatdagi maʼnoga uyqash uch xil mazmunda qoʻllanadi:

1️⃣ Esda saqlash, eslab qolish, esga tushirish qobiliyati; es, yod; xayol.

2️⃣ Oʻylash, fikrlash qobiliyati; fikr; miya.

3️⃣ Biror kimsa uchun qilinadigan hurmat; yuz-xotir, andisha.

Bu soʻz yod, es maʼnosida xotirga kelmoq, xotirda tutmoq, xotirdan kechmoq, xotirdan koʻtarilmoq, xotirdan chiqmoq iboralari tarkibida qoʻllanadi.

Xotir soʻzidan yasalgan xotirjam xavotirga teskari maʼnoga ega: betashvish, osoyishta. Baʼzan shunaqa. Bir oʻzakdan ikki xil maʼno paydo boʻlishi ham mumkin.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 21
  • 👍 15
  • 😱 2
More from @oriftolib
  1. Sep 28, 2026Miyamiz oʻqishga moslashmaganmi? Neyrobiolog Rebekka Gotlib inson matnni koʻrish, eshitish…
  2. Sep 28, 2026Bolalar mediasidagi muammo: shovqin va tezlik Tadqiqotchi Natalia Kutsirkova bolalar media…
  3. Sep 28, 2026Xavotirlarimizning qancha qismi asosli? Bizni halok qiladigan emas, qoʻrqitadigan omillar…
  4. Sep 28, 2026Doktorantlar uchun nomli stipendiyalar tanlovi eʼlon qilindi Fanlar akademiyasi tayanch do…
  5. Sep 28, 2026Yaxshi keksalari boʻlmagan yerning yaxshi yoshlari boʻlmaydi. — Kabardin xalq maqoli @orif…
  6. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →