TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #966 2.72K
Arabcha siniq koʻplik va oʻzbekcha koʻplik

Obunachilardan biri ajdod soʻzi arab tilida koʻplikda ekani, ajdodlar oʻzbekchaga ayni mazmunda oʻgirilsa, ajdodlarlar boʻlib qolishini yozibdi. Toʻgʻri. Arab tilida siniq koʻplik degan usul bor. Soʻzdagi undoshlar saqlanadi va unlilar oʻzgartiriladi – koʻplik yasaladi. Undoshlarning oʻrni almashishi, baʼzan bir-ikki undosh orttirilishi ham mumkin. Ajdod ham shunday. Birligi – jadd, bobo degan maʼnoni bildiradi. Ajdod – bobolar.

Qatma-qat koʻplik haqida gap ketganda axborotlar soʻzini ham misol keltirishadi. Axbor oʻzi – xabarning koʻpligi. Uni yanayam koʻpaytirib, axborotga aylantiramiz. Keyin oʻzbekchada ham -lar qoʻshamiz. Shunday qilib, xabarlarlarlar hosil boʻladi 😄.

Lekin bitta lekini bor-da. Arab tilidagi koʻplik mazmuni oʻzbek tilida anglashilmaydi. Arabchada koʻplik boʻlgan boʻlishi mumkin, lekin u oʻzbekchada birlikdagi soʻz. Tilning tabiati shunday. Jaziramada issiq choy ichish gʻalati koʻrinadi, lekin tabiatimiz shunday. Bizga shunisi maʼqul.

Quyida shunday soʻzlardan baʼzilari eʼtiboringizga havola etilyapti.

Shunga oʻxshash yana qanday soʻzlarni bilasiz? Izohlarda qoldiring.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib ​Avlodmi, ajdodmi? Baʼzan gazeta-jurnallarda, saytlarda, nutqlarda avlod-ajdod, avlodu ajdodlar soʻzlari xato ishlatiladi. Yanglish qoʻllamaslik uchun ularning maʼnosini bilib olish kerak. Avlod ota-bobodan qolgan nasl, bolalar, farzandlar demakdir: U…
  • 👍 10
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →