TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2777 6.23K
​​Bugunlik kunda, bugungi kunda, bugun

Ogʻzaki tilda baʼzan soʻz va qoʻshimchalarni isrof qilamiz. Bu esa yozuvga ham koʻchib oʻtadi:

Bugunlik kunda til masalasiga bepisand qaralyapti.
Bugungi kunda til masalasiga bepisand qaralyapti.

Bugungi kunda iborasini ayniqsa ommaviy axborot vositalari sevib ishlatadi. Lekin bunday qoʻllamaslik kerak.

⚠️ Nimasi xato? Mazmun takrori va ortiqcha soʻz qoʻllash bor. Bugun soʻzi tarkibida kun soʻzi boʻlgani uchun yana kun deyish shartmas. Soʻz oʻzgarib, yangilanib ketgan-ku, deysizmi? Hatto shu holatda ham kun soʻzi alohida mazmun tashimayapti-da.

☑️ Toʻgʻrisi qanaqa? Bugunlik kunda, bugungi kunda birikmalari oʻrnida bugun soʻzini ishlatish yetarli. Jumla loʻndalashyapti, maʼnoga esa ziyon-zahmat yetayotgani yoʻq.

Hozirgi vaqtda, hozirgi kunda, hozirgi zamonda kabi iboralarni ham aksariyat holatlarda hozir deb tahrirlash mumkin.

📌 Demak:

Bugun ✅
Bugunlik kunda, bugungi kunda ❌

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Agar va agarda
🔹 Hozir va hozirda
🔹 Amaliyot: loʻnda ifodalang
🔹 Amaliyot: toʻlov tekin boʻlmaydi

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 32
  • 🔥 5
  • 😱 2
  • 🤨 2
  • 💯 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →