TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1256 8.23K
Ammo, lekin, biroq va vergul

Ammo, lekin, biroq, balki soʻzlari zidlov bogʻlovchilaridir. Ular mazmunan bir-biriga qarama-qarshi qoʻyilgan boʻlaklarni yoki gaplarni bogʻlash uchun xizmat qiladi. Bu bogʻlovchilar bilan vergul ishlatishda koʻp xato qilinadi. Aslida qoidasi ancha oson.

Ammo, lekin, biroq soʻzlari gap ichida kelganda ulardan oldin vergul qoʻyiladi. Gap boshida yoki ichida kelishidan qatʼi nazar, bu soʻzlar oʻzidan keyin vergul talab qilmaydi:

Bu juda qiyin ish, ammo bajaramiz.
Mayli, siz yashirdingiz. Ammo man yashirmayman.

Oybek, Tanlangan asarlar.

Uy kichkina, lekin yorugʻ.
Bu – qiyin masala. Lekin hal qilishga urinib koʻramiz.

Havo bulut boʻldi, biroq yomgʻir yogʻmadi.
Bu haqda koʻp oʻyladi. Biroq bir toʻxtamga kela olmadi.


Ammo va lekin soʻzlari juft holda yuklamaga aylanadi va fikrni alohida taʼkidlash uchun xizmat qiladi. Bunda odatda gap boshida keladi va ulardan soʻng vergul qoʻyilmaydi:

Ammo-lekin bopladingiz.
Ammo-lekin Esh qattiq ishladi.
S. Ahmad, Ufq.

Ammo va lekin aslan arabcha, biroq esa sof turkiycha-oʻzbekchadir.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 24
  • 🔥 5
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →