TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #953 4.93K
Esa: vergul kerakmi yoki yoʻq?
​
Musahhih va muharrirlarni oʻylantiradigan, chalkashtiradigan holatlardan biri – esa soʻzidan keyin vergul qoʻyish yoki qoʻymaslik masalasi. Chunki u baʼzida vergul talab qiladi, baʼzida esa – yoʻq.

Xoʻsh, qachon vergul qoʻyiladi?

1️⃣ Esa bogʻlama vazifasini bajarsa va boʻlsa maʼnosini anglatsa. Bu tarzda kam qoʻllanadi. Bunday paytda koʻpincha unga -da yuklamasi qoʻshiladi:

Burni bir oz beoʻxshovroq esa-da, lekin uning umuman yuz bichimi kelishgan edi.
Oybek, “Tanlangan asarlar”.

2️⃣ Unday boʻlsa, u holda maʼnolarini ifoda etsa. Odatda bu maʼnoda shevada ishlatiladi:

Esa, Oqqiz, borib sen ham koʻrib kel-chi.
“Ravshan”.

Qachon vergul kerak emas?

Esa shaxs, narsa, hodisalar ketmaketligida ularni boshqalariga nisbatlab, ajratib qayd etsa:

Men esa uni ovuntirishga, yupatishga urinardim.
“Guldasta”.

Misrda roʻy bergan mana bu voqea esa hammasidan oshib tushadi.
“Fan va turmush”.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 15
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →