TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2687 5.29K
​​Amaliyot: toʻlov tekin boʻlmaydi

Bugun OAVda chiqqan xabarning sarlavhasi va matnidan bir jumla:

↘️

Endilikda maktab darsliklarining ijara toʻlovlari doimiy ravishda bepul boʻladi

Endilikda maktab darsliklarining ijara toʻlovlari doimiy ravishda bepul boʻladi va ayni damda buning mexanizmi ishlab chiqilishi boʻyicha davlat rahbari tomonidan topshiriq berilgan.

↗️

Oʻzi toʻlov boʻlsa, u yana qanaqasiga bepul yoki tekin boʻladi? Bu oʻrinda toʻlov soʻzi toʻlanadigan pul, mablagʻni anglatadi. Toʻlanadigan pul bepul boʻladi deganga oʻxshab qolgan. Uslubiy gʻaliz.

Xoʻsh, nima deyish kerak? Ijara bepul yoki tekin boʻlishi mumkin, darslik tekin berilishi mumkin, ijara uchun toʻlov undirilmasligi mumkin va hokazo. Endilikda soʻzini ham endi shaklida qoʻllagan afzal. Loʻndaroq. Ega bor joyda majhul nisbat ortiqcha. Mazmun tashimaydigan soʻz va iboralardan esa voz kechish kerak. Doimiy ravishda iborasiga qay darajada ehtiyoj bor – buni ham oʻylab koʻrish zarur.

📌 Demak:

Endi maktab darsliklarining ijarasi doimiy ravishda bepul boʻladi

Endi maktab darsliklarining ijarasi doimiy ravishda bepul boʻladi. Davlat rahbari buning mexanizmini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq bergan.

Yoki:

Endi maktab darsliklari ijarasi uchun pul toʻlanmaydi

Endi maktab darsliklarining ijarasi tekin boʻladi. Davlat rahbari buning mexanizmini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq bergan.

👉 Bu jumlalarni yana qanday shaklda loʻnda va tushunarli ifodalash mumkin? Variantingizni izohlarda qoldiring.

✅ Nasib qilsa, “Tahrir va korrektura” kurslarida ham shunga oʻxshash misollar bilan ishlaymiz.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 46
  • 🔥 5
  • 😁 2
  • 🤨 2
  • 😢 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →