TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #2462 4.4K
Nomus – qonunga bogʻliq

Nomus
soʻzi aslan oʻzbekcha emasligini etimologiya mutaxassisi bilmasa, oddiy odam tasavvur qilishi amrimahol. Bu soʻz yunoncha nomos – qonun soʻzidan hosil boʻlgan. U arab tiliga oʻtgach, qonun; vijdon, diyonat; obroʻ-eʼtibor; iffat, bokiralik kabi maʼnolar kasb etgan. Taxminimcha, qonun-qoidalarga boʻysunuvchi, birovga zarar etkazmaydigan, obroʻsini saqlaydigan, tartibli kishilar nomusli hisoblangan va ular uchun qonun maʼnosidagi soʻz tanlab olingan.

Nomus oʻzbek tilida oriyat, diyonat, uyat-andisha kabi maʼnolarda qoʻllanadi:

Nodon bilan yurma, nomusingni bukma.
Maqol.

Nomus! Nomus er kishini oʻldiradi-ya!
Shuhrat, “Shinelli yillar”.

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 17
  • 💯 10
  • 🔥 1
  • 🤨 1
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  2. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  3. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  4. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  5. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  6. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →