TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #978 2.52K
​Kalish

Sal gʻalatiroq eshitilishi mumkin, lekin kalish milliy kiyim emas. Ha, shunday. Bunga uning etimologiyasi ham guvohlik beradi.

Kalish tilimizga rus tilidan kirgan. Ruslar uni kaloshi yoki galoshi deb ataydi. Ruschaga fransuz yoki nemis tilidan oʻtgan.

Kalish soʻzining etimologiyasi haqida turli qarashlar bor. Birinchi fikrga koʻra, u yunoncha kalopodion – yogʻoch boshmoq soʻzidan; boshqa versiyaga koʻra, lotincha caliga – etik soʻzidan; uchinchi qarashga koʻra esa, lotincha gallica – gall poyabzali soʻzidan kelib chiqqan.

Oʻrganishlarimga koʻra, kalishlarning oʻlkamizdagi tarixi 100-150-yilni tashkil etadi. U Turkistonda XX asr boshlarida ommalasha boshlagan. Boshida uni xalq, ayniqsa, kosiblar yaxshi kutib olmagan. Kalish sovet davrida rus madaniyati belgisi sifatida targʻib ham qilingan.

Xoʻsh, kalish bizniki emas ekan, oldin ota-bobolarimiz kalish oʻrnida nima kiyishgan? Javob oddiy – kavush kiyishgan. Bugun kavush kiyish yoshi kattalar orasida yana ommalashib boryapti. Uni mahsi bilan ham, mahsisiz ham kiysa boʻladi.

Kalish zamonaviy kiyim sanalmasa-da, ommabopligi rost. Ommabopligining asosiy sababi esa – arzonligi. Oldin juda arzon va zaxni koʻp oʻtkazadigan quyma kalishlar ham boʻlardi. Hozir esa Qamchiq dovonida installyatsiyasi qoʻyilgan va keyin oldirib tashlangan kalishga oʻxshashlari ishlab chiqariladi, xolos.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 2
  • 🔥 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →