TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #2443 5.09K
Javon – “taxtali rom” degani

Oʻzbekchaga xitoy tilidan ham bir qancha soʻzlar oʻzlashgan. Sevib isteʼmol qiladiganmiz uygʻur taomlari – lagʻmon, manti, manpar, xonim kabilarning nomi ham asli xitoychadan.

Turmushimizda ishlatiladigan baʼzi narsa-buyumlar ham oʻz nomini xitoychadan olgan. Jumladan, javon soʻzi. U oʻzbekchada turli narsalar qoʻyiladigan mebelni, shkafni anglatadi: kitob javoni, kiyim javoni.

“Oʻzbek adabiy tili tarixi” kitobiga koʻra, javon xitoycha dzaban soʻzidan. U sza – rom, chorchoʻp, ban – taxta soʻzlaridan yasalgan. Bu soʻz bizga uygʻur tili orqali kirib kelgan. Uygʻurchaning oʻzida javang tokchani anglatadi.

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 32
  • 💯 5
  • 🔥 3
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →