TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #894 14.1K
Koʻra: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Koʻra
koʻmakchisidan keyin vergul qoʻyish-qoʻymaslikda koʻp xato qilinadi. Hatto muharrir va musahhihlar ham chalkashliklarga, qiyinchiliklarga duch keladi. Bu soʻz vergul talab qiladigan bitta holat bor xolos. Shuni bilib olish kerak.

Koʻra qiyos, taqqoslash munosabatini bildirgan; nisbatan, qaraganda maʼnolarini anglatgan holatlarda vergul ishlatilmaydi:

Masala u oʻylaganidan koʻra chuqurroq koʻrinardi.
F. Musajonov, Himmat.

Yuqoridagi kabi oʻrinlarda koʻradan oldingi soʻz chiqish kelishigida (-dan) boʻladi.

👉 Koʻra asosan, muvofiq, binoan soʻzlariga maʼnodosh boʻlib kelgandagina vergul qoʻyiladi. Bunday holatlarda u kirish birikma tarkibida boʻladi:

Tuzilgan bitimga koʻra, Abdulatif Samarqandga yuborildi.
Mirmuhsin, Meʼmor.

Kirish soʻz va kirish birikmalar soʻzlovchining bayon qilinayotgan fikrga munosabatini, fikrning umumiy bahosini, kimga karashli ekanini ifodalaydi. Birikma gap boshida oʻzidan soʻng, gap oʻrtasida ikki tomonidan, gap soʻngida esa oʻzidan oldin vergul bilan ajratiladi. Koʻra soʻzi qatnashgan birikmalarda ham shu qoida amal qiladi:

Otam, oʻz kasbining taqozosiga koʻra, umrining koʻp qismini safarlarda oʻtkazgan odam.
Shukrullo, Javohirlar sandigʻi.

❗️ Koʻra koʻmakchisi asosan, muvofiq, binoan maʼnolarida kelsa-yu, kirish birikma tarkibida boʻlmasa, kesimga bevosita bogʻlansa, vergul ishlatilmaydi:

Men buni tajribaga koʻra aniqladim.

Qoidaga koʻra oʻyin.

U natijalarni berilgan maʼlumotlarga koʻra hisoblab chiqdi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 7
  • 🔥 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →