Asosan: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Eng koʻp uchraydigan xatolardan biri asosan soʻzi bilan vergul ishlatishda koʻzga tashlanadi. Oʻrni boʻlsa-boʻlmasa, vergul qoʻyib ketilaveradi. Oʻzi, vergul kerakmi? Kerak. Faqat bir holatda. Qolgan paytlarda vergul ortiqcha.
Asosan ravish boʻlib kelganda asos eʼtibori bilan, umuman olganda, koʻpincha degan maʼnolarni anglatadi. Bunda soʻz vergul talab qilmaydi:
Respublikamizda koʻp bolali onalarning katta qismi asosan qishloqlarda yashaydi.
“Saodat”.
Asosan soʻzi koʻmakchi vazifasida kelganda sabab, asos munosabatini bildiradi va koʻra, binoan, muvofiq kabi soʻzlarga maʼnodosh boʻladi. Agar mana shu paytda u kirish birikma tarkibida kelsa, soʻzdan soʻng vergul qoʻyiladi:
Qonunga asosan, voyaga yetmagan bolalar mayda maishiy bitimlarni mustaqil tuza oladilar.
Yuqoridagi gapda vergul kirish birikma sababli qoʻyilyapti. Agar asosan soʻzi koʻra, binoan, muvofiq soʻzlariga maʼnodosh boʻlib kelsa-yu, kirish birikma tarkibida boʻlmasa, vergul qoʻyilmaydi:
Topshiriqlarni qonunga asosan bajaringlar.
👉 Toʻliq oʻqish
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1488
3.92K
- 👍 6