TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2437 5.3K
Daftar va qalam – asli yunoncha

Bu soʻzlarni tez-tez ishlatamiz. Ayniqsa, farzandi maktabda oʻqiydigan yoki ishi yozuv-chizuvga aloqador kishilar kunda-kunora daftar-qalamga roʻpara keladi.

Yunonchada qogʻoz oʻrami diftera deyiladi. U arab tili orqali oʻzbekchaga daftar koʻrinishida kirib kelgan: bir chiziqli daftar, katak daftar, rasm daftari.

Daftar soʻzi qardosh turkiy tillarda hamda arab, fors, hind, moʻgʻul, bolgar, makedon, serb, xorvat, tibet, indonez, gurji, arman, ibroniy kabi tillarda turli tovush oʻzgarishlari bilan qoʻllanadi.

Qalam soʻzi ham yunonchadan oromiy-suryoniy tili orqali arab tiliga, undan oʻzbekchaga oʻtgan. Yunonchasi kálamos – qamish, qamish qalam boʻlgan bu soʻzning ildizi qadimgi hind-yevropa soʻzi – kolhamosga borib taqaladi. Bu soʻz lotin tilidagi culmus – somon poyasi soʻziga yaqin turadi. Qalam soʻzi oʻzbek tilida juda koʻp maʼnolarda qoʻllanadi. Bosh maʼnosi yozuv-chizuv quroli: qora qalam, rangli qalamlar.

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 19
  • 🔥 15
  • 💯 2
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →