Ayniqsa: vergul kerakmi, kerakmasmi?
Ayniqsa soʻzi bilan vergul ishlatiladigan va ishlatilmaydigan holat bor.
Vergul kerak:
Ayniqsa modal soʻz boʻlib kelib kelsa. Bunda u xususan soʻziga maʼnodosh boʻladi. Ikkovini bemalol almashlab qoʻllash mumkin:
Yormatni, ayniqsa, Gulsumbibini oʻylab, ularga achindi.
(Yormatni, xususan, Gulsumbibini oʻylab, ularga achindi.)
Oybek, Tanlangan asarlar.
Vergul kerak emas:
Ayniqsa soʻzi juda ham, gʻoyat darajada, benihoyat maʼnolarini anglatsa.
Atom energiyasidan foydalanishning istiqboli ayniqsa kengdir.
(Atom energiyasidan foydalanishning istiqboli juda ham kengdir.)
“Fan va turmush”.
❗️ Bir chalgʻituvchi holat bor. Ayniqsa soʻzi taʼkid, kuchaytirish maʼnosida kelganda kitoblarda, jumladan, izohli lugʻatda ham baʼzan vergul ishlatilgan, baʼzan ishlatilmagan. Men vergul qoʻyilmasligi tarafdoriman. Chunki bunda vergul gapdagi kuch, mantiqiy urgʻuni susaytiradi:
Bu gaplar ayniqsa siz bilan menga kelishmasa ham, azbaroyi meni yolgʻiz tashlab qoʻyganingizdan aytdim.
A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
👉 Toʻliq oʻqish
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #990
3.46K
- 👍 14