TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2445 4.19K
Zumrad va Esmeralda – egizaklar

Ayrim soʻzlar uzoq yoʻllarni bosib oʻtadi va shakl-shamoyili, baʼzan maʼnosini oʻzgartirib, boshqa tillarda oʻtroqlashib qoladi. Asli yunoncha smaragdos, yaʼni sabzarang tosh boʻlgan zumrad soʻzi ham arab-fors tillari taʼsirida qiyofasini oʻzgartirgan va oʻzbek tiliga kirib kelgan. Maʼlumotlarga koʻra, bu soʻz qadimgi yunon tiliga somiy tillaridan oʻtgan. Ibroniy tilidagi barakat, akkad tilidagi barraqtu, arab tilidagi barq, sanskritcha marakata uning qadim ajdodlaridir.

Bu soʻz qardosh turkiy tillar, arab, fors, rus, ingliz, ispan, portugal tillarida turli shakllarda qoʻllanadi. Baʼzi tillarda shakli tamoman oʻzgarib ketgan.

Yevropa xalqlarida koʻp uchraydigan Esmeralda ismi va oʻzimizning Zumrad, Zabarjad ismlarining oʻzagi bir.

Zumrad soʻzi oʻzbekchada oliy sifatli, och yashil tusli qimmatbaho toshni va uning rangini anglatadi, ayollarga ism qilib qoʻyiladi.

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 18
  • 👍 11
  • 💯 3
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →