TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2431 6.27K
Baxshi – qadim soʻz

Baxshi
soʻzi oʻzbekcha ham, moʻgʻulcha ham, forscha ham emas. Uning ildizi sanskrit tiliga borib taqaladi. Asliyatda bhikshu koʻrinishiga ega va budda ruhoniysi; duoxon; darvesh kabi maʼnolarni anglatadi. Oʻzbek tilida xalq dostonlarini aytuvchi oqin; azayimxon; Buxoro xonligidagi lavozim egasi kabi maʼnolarga ega:

Dutorsiz baxshi boʻlmas,
Yomonsiz – yaxshi.
Maqol.

Sotiboldining xotini ogʻrib qoldi. Baxshi oʻqidi. Allaqanday bir xotin kelib, tolning xipchini bilan savaladi.
A. Qahhor, “Bemor”.

Buxoro xonligida maʼmuriy binolar qurishda mablagʻ hisobini olib boruvchi kishilarni, turkmanlarda urugʻ oqsoqollarini baxshi deb atashgan.
“OʻzME”.

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 39
  • 🔥 4
  • 💯 3
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →