TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1565 85.6K
Tarixiy yodgorliklar nomi qanday yoziladi?

Tarixiy bino-inshootlar nomlarini qanday yozish haqida punktuatsiya qoidalarida aniq tartib koʻrsatilmagan. Shu sababli mavzuga yaqinroq boʻlgan qoidadan yechim topamiz.

Korxona, tashkilot va muassalarning shartli nomlari, yaʼni atab qoʻyilgan nomlari qoʻshtirnoqqa olinishi, qolgan hollarda qoʻshtirnoqsiz yozilishi haqida eslab oʻtgan edim.

Tarixiy yodgorlik nomida shaxs oti ishlatilgan boʻlsa va bu yodgorlik oʻsha shaxsga bevosita tegishli boʻlsa, unga qoʻyilgan ot odatda shartli nom deb hisoblanmaydi va qoʻshtirnoq ishlatilmaydi: Xudoyorxon oʻrdasi, Olloqulixon madrasasi, Nurullaboy saroyi, Oybek uy-muzeyi.

Agar bino-inshoot nomida joyni bildiruvchi soʻz ishlatilgan va u atab qoʻyilgan nom tarkibida boʻlmay, geografik tushunchani bildirayotgan boʻlsa, qoʻshtirnoq qoʻyilmaydi: Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Buxoro arki.

Agar tarixiy yodgorlikka biror shaxs nomi berilgan boʻlsa-yu, u bu bino bilan bevosita bogʻliq boʻlmasa, nom qoʻshtirnoqqa olinadi. Yaʼni bu shaxs madrasa, masjid, kutubxona, saroy, oʻrda kabi inshootlarni qurdirmagan, qurilishiga bevosita sababchi ham boʻlmagan, bu bino unga oid emas boʻlsa va nom ana shu shaxsga hurmat belgisi sifatida, uning sharafiga qoʻyilgan boʻlsa, uni qoʻshtirnoqda berish kerak. Masalan, poytaxtdagi “Abu Hurayra” jome masjidi. Buyuk sahobiy bu masjidni qurdirmagan, qurilishiga bevosita sababchi boʻlmagan. Masjid u kishining sharafiga nomlangan.

Koʻkaldosh madrasasi nomi esa qoʻshtirnoqsiz yoziladi. Nega? Chunki bu shartli nom emas. Buxoro va Toshkentdagi Koʻkaldosh madrasalarini Buxoro xonining vaziri Qulbobo Koʻkaldosh qurdirgan.

Milliy ensiklopediya “Moʻyi Muborak” madrasasi, “Goʻri Amir” maqbarasi kabi birikmalarni qoʻshtirnoqsiz ishlatgan. Vaholanki, bular shartli nom hisoblanadi. Madrasa yoki maqbaraga shunday nom berilgan, uning oti shunday. Eʼtiborlisi, milliy ensiklopediyada madrasa, maqbara, yodgorlik nomlarida umuman qoʻshtirnoq qoʻllanmagan.

Chalkash-a?

Yangilanadigan imlo va punktuatsiya qoidalarida shu kabi holatlarga ham aniq-tiniq javob berilishi zarur deb hisoblayman.

Hozircha esa qiyosiy xulosalarimizga tayanib turamiz.

📌 Demak:

Nurullaboy saroyi, Oybek uy-muzeyi, “Hazrati Imom” majmuasi, “Goʻri Amir” maqbarasi ✅

“Nurullaboy” saroyi, “Oybek” uy-muzeyi, Hazrati Imom majmuasi, Goʻri Amir maqbarasi ❌

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →