TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1912 5.21K
​Lavozim, ilmiy unvon va ilmiy daraja: qanday ketma-ketlikda yozish kerak?

Rasmiy xatlar, soʻzboshi, taqriz va turli maʼlumotlar yozishda lavozim, ilmiy unvon va ilmiy darajalarni koʻrsatishga toʻgʻri keladi. Baʼzida sanalganlarning barchasini birdaniga keltirish zarur boʻlib qoladi. Ilmiy unvoni yo darajasini yozmasangiz, jiddiy xafa boʻladiganlar ham bor-da 🙃. Bir hisobda bu ham toʻgʻri, ilmiy ish qilish oson emas.

Xullas, birdaniga bir necha jihatni aks ettirmoqchi boʻlsangiz, eng oldin lavozimni yozasiz. Chunki xat yozayotgan yoki yozilayotgan shaxs birinchi galda lavozim egasi sifatida vakolatga ega.

Ilmiy unvon va ilmiy darajani koʻrsatishda biroz xilmaxillik bor. Urfga koʻra, oldin ilmiy daraja, soʻng ilmiy unvon yoziladi. Menimcha ham, shu variant toʻgʻri: lavozimdan soʻng ilmiy daraja, keyin ilmiy unvon kelishi kerak:

Falonchi Pistonchiyev,
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti prorektori, filologiya fanlari doktori, professor

Xatga imzo chekuvchi sifatida yozilganda shu tarzda beriladi.

Agar bir qatorda yozmoqchi boʻlsangiz, familiyadan keyin vergul yoki tire qoʻyasiz. Tire qoʻygan afzalroq, chunki ketma-ket vergul kelmaydi, ism-familiya alohida boʻlib turadi:

Falonchi Pistonchiyev – Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti prorektori, filologiya fanlari doktori, professor.

Yuqoridagi shakldan odatda shaxs haqida maʼlumot berilganda foydalaniladi.

Xat chiqarayotganda esa quyidagi shaklda yoziladi:

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti prorektori,
filologiya fanlari doktori, professor
Falonchi Pistonchiyevga

(Ajralib turishi uchun qiya harfda yozdim, siz oddiy harfda yozishingiz mumkin.)

Ayni paytda biror lavozimda ishlamayotgan, ilmiy daraja va unvonga ega kishi xat yozsa yoki siz uni biror joyda qayd etmoqchi boʻlsangiz, yuqoridagi tartibda, biroq lavozimsiz berish mumkin:

Falonchi Pistonchiyev,
filologiya fanlari doktori, professor

Falonchi Pistonchiyev – filologiya fanlari doktori, professor.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 4
  • 🔥 1
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →