Dakki – hindistonlik
Tilimizda bot-bot ishlatib turiladigan bu soʻz uzoq hind elidan kelganiga odamning ishongisi kelmaydi. Hind tilida dhakka shaklida zarb, turtki; iztirob maʼnolarida qoʻllangan bu soʻz yoʻl yurib, jazirama choʻllardan oʻtib, oʻzbek tiliga dakki koʻrinishida kirib kelgan. U oʻzbekchada tanbeh; tahqirlash, nohaq turtki kabi maʼnolarni tashiydi:
Ahmadjon dadasidan bir necha dakki eshitib, uyiga joʻnadi.
“Yoshlik”.
Har kishidan dakki yeyaverib, yuragim qonga toʻlib ketdi.
Uygʻun, “Asarlar”.
#Doʻppi_kiygan_soʻzlar
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #2434
6.43K

- 👍 39
- 💯 4