TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #3471 6.58K
​​AIning oʻzbekchasi nima?

Oxirgi besh yilda kompyuterlar biz bilan suhbatlashadigan, xuddi odamday fikrlaydigan, xulosalar qiladigan darajaga yetdi. Bu qobiliyatdan hozir turli sohalarda foydalanilyapti. Uni inglizlar AI deb ataydi. AI inglizcha artificial intelligence birikmasining qisqartmasi. Xoʻsh, bu birikmani oʻzbekchada qanday atash kerak?

Artificial soʻzi sunʼiy, yasalgan, yasama kabi maʼnolarga ega. Intelligence esa koʻp maʼnoli soʻz, oʻrniga koʻra aql, idrok, fahm, intellekt, aqliy qobiliyat, tahlil, anglam, maʼlumot kabi mazmunda ishlatiladi.

Intelligence soʻzini ruslar intellekt deb oʻgirgan. Balki, shuning taʼsiridadir, artificial intelligence oʻzbekchada sunʼiy intellekt deb tarjima qilinyapti. Yaxshi variant. Bemalol ishlatish mumkin.

Lekin tilimizda undan-da mos soʻz bor: idrok. Intellekt kishining fikrlash qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, zehnni anglatadi. Idrok esa tashqi dunyo voqea, hodisalarini bilish, tushunish qobiliyatini, zehn va fahm-farosatni bildiradi. Falsafada bevosita sezgi aʼzolariga taʼsir etayotgan obyektiv mavjudot, predmet va hodisalarning kishi ongidagi akslanishi maʼnosida qoʻllanadi. Bunda ongda aks etayotgan predmet va hodisalarning oldingi tajribalar asosida tushunilishini ham oʻz ichiga oladi. Bu izohlardan artificial intelligence birikmasi uchun idrok soʻzi koʻproq mosligi ayon boʻladi. Chunki u birikmadagi mazmun-mohiyatga koʻproq yaqin, uni koʻproq qamraydi.

Toʻgʻri, intellekt soʻzining intelligence bilan ildizi bir. Lekin tarjimada oʻgirilayotgan tildagi maʼno yuki birlamchi boʻlishi kerak. Oʻzbekchada idrokning maʼno qamrovi kengroq va iboraga mosroq.

📌 Demak, eng maqbul tarjima: sunʼiy idrok. Qisqartmasi: SI.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 78
  • 🔥 9
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →