TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #4877 12.1K
Ozarbayjonmi, Ozarboyjon yoki Azerbayjan?
 
Matbuotda qardosh davlat nomi turlicha yozilyapti: ayrim nashrlar Ozarboyjon shaklini ishlatsa, baʼzilari Ozarbayjon deb yozadi. Ilgari men ham soʻz etimologiyasiga tayanib uchinchi boʻgʻinni o bilan yozardim.
 
Biroq imloda soʻzning kelib chiqishidan koʻra jonli talaffuz koʻproq tosh bosadi. Biz bu nomni asosan Ozarbayjon deb talaffuz qilamiz, yozuvda ham shu shaklda bergan toʻgʻriroq.
 
Bir gazetada Azerbayjan shaklida yozilganiga ham koʻzim tushgandi. Bu – xato. Til – tirik tizim, u oʻz qonuniyatlariga boʻysunadi. Ozar tilida yurtimiz Özbəkistan deb yoziladi, biz ulardan Oʻzbekiston shaklida yozishni talab qilmaymiz-ku.
 
📌  Demak:
 
Ozarbayjon ✅
 
Siz qaysi shakldan foydalanasiz?
 
🔥 – Ozarbayjon 
😎 – Ozarboyjon
 
#Soʻragan_edingiz
 
@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 377
  • 😎 12
  • ⚡ 6
  • 😢 2
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →