Uyali telefon yoki qoʻl telefoni
Til shunaqa, jonli hodisa. Katakli telefon soʻzi tilga singmadi, uning oʻrniga yuqorida aytilganday “uyali”, “mobil” va “qoʻl” soʻzlari ishtilyapti. Odamlar oʻn yillar oldin “Sotkamga telefon qiling” degan boʻlsa, bugun “Qoʻl telefonimga qoʻngʻiroq qiling” yoki yanayam qisqaroq qilib “Qoʻlimga telefon qilvoring” deyapti jonli tilda. “Sotka” soʻzi urfdan qoldi.
“Pryamoy efir” atamasi ham boshida uzundan-uzoq va kalka tarjima bilan “Toʻgʻridan toʻgʻri efir” deyilgan edi. Hozir “Jonli efir” koʻp qoʻllanyapti. Inglizcha “Live”ga muqobil tarzda efir soʻzisiz “Jonli” deb ham ishlatilyapti. Tabiiy tanlanish jarayoni-da buyam. Yoki koʻchat ekishga qiyoslash mumkin. Biror yerga koʻchat eksangiz, biri koʻkaradi, biri koʻkarmaydi. Yer suymasa, ekin qurib qoladi. Soʻz ham tilga oʻtirmasa, singmaydi. Yozma tilda, kitoblarda turaverishi mumkin, lekin xalq ogʻziga koʻchmaydi.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #468
1.58K
- 👍 2
- ⚡ 1