TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #885 8.63K
Familiyalarimiz haqida

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Chor Rossiyasi taʼsirida hozirgi tushunchadagi familiyalar isteʼmolga kirdi. Ota ismlariga -ov, -yev qoʻshimchalarini qoʻshish boshlandi. Bu paytda -iy qoʻshimchali familiyalar ham koʻp qoʻllangan: Abdulla Qodiriy, Said Ahroriy, Hamza Hakimzoda Niyoziy. Familiyalar baʼzida -zoda soʻzi bilan tugagan: Muhammadsharif Soʻfizoda. Bu davrdagi manbalarda otaismdan soʻng oʻgʻli soʻzi ham ishlatilganini koʻrish mumkin.

Bugun biz familiyalarimizda ishlatadigan -ov, -yev ruschadan kirgan. Toʻgʻrirogʻi, kiritilgan.

Familiya Sobiq Ittifoqda XX asrning 30-yillarida pasportlashtirish tufayli ommalashdi. Biroq boshqa millat vakillarining familiyalari ham ruscha qoʻshimchalar orqali yasaldi. Bu kechmishni boshdan kechirgan oʻzbek ismlari boshqa koʻrgiliklarga ham roʻpara keldi: ismlar ruscha talaffuzga mos ravishda oʻzgartirib yozildi. Xodjayev, Axmedov, Muxamedov, Irgashev, Iminov, Giyasov, Alimdjan, Sagdulla, Burxan, Mamasidigali va hokazo.

-ov, -yev qoʻshimchali soʻz rus tilida sifat koʻrinishida kimniki, kimlarniki, kimga yoki kimlarga tegishli soʻroqlariga javob beradi. Ivanov – Ivanovlar oilasiga tegishli odam demakdir.

Mustaqillikdan soʻng baʼzi mamlakatlarda, jumladan, Ozarboyjon va Tojikistonda ruscha qoʻshimchalardan voz kechildi. Maʼlumotlarga koʻra, 2017-yili 33 mingdan ortiq qirgʻizistonlik familiyalaridagi -ov va -yev ni -uulu/-kizi yoki teginga oʻzgartirgan. Oʻzbek tili esa faqat ota ismlaridagi -vich, -ovnadan qutula oldi, ular oʻrniga oʻgʻli, qizi soʻzlari ishlatila boshladi. Lekin hozir ham Falonchi Pistonchiyevich shakli urfda, ayniqsa, katta-kichik amaldorlarga murojaatda.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib Birovga orqa qilib, oʻzingizda boʻlgan talantning ruhiga fotiha oʻqiy koʻrmangiz. Bir soatda emas, oʻn soatda yozish, bir qayta emas, oʻn qayta tuzatish kishining yordamiga termulishga qaraganda ham foydali, ham umidlidir. Abdulla Qodiriy @oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 6
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →