TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2772 6.61K
​​Doʻstingizga ulashing, doʻstingiz bilan emas

#Soʻragan_edingiz

✳️ Savol:

Ulashish soʻzini qanday qoʻllash kerak? Doʻstingga ulash yoki doʻsting bilan ulash?

🔰 Javob:

Kopirayter va SMMchilar Share with friends iborasi tarjimasida baʼzan xatoga yoʻl qoʻyyapti. Bu ibora ruschada Podelitsya s druzyami shakliga ega. Inglizchadagi kabi ruschada ham bilan maʼnosidagi predlog ishlatilgan. Ammo oʻzbekchada bilan koʻmakchisini qoʻllash til tabiatiga teskari va uslubiy gʻalizlik keltirib chiqaradi.

❗️ Ulashish soʻziga bogʻlangan soʻz joʻnalish kelishigini, yaʼni -ga qoʻshimchasini olishi kerak: doʻstingizga ulashing, doʻstlaringizga ulashing.

Bilan koʻmakchisini baham koʻrish, oʻrtoqlashish, boʻlishish soʻzlari bilan qoʻllash toʻgʻri: doʻstingiz bilan boʻlishing, doʻstingiz bilan baham koʻring, doʻstingiz bilan oʻrtoqlashing.

📌 Demak:

Doʻstlaringizga ulashing, yaqinlaringizga ulashing, guruhdagilarga ulashing, tanishlarga ulashing ✅

Doʻstlaringiz bilan ulashing, yaqinlaringiz bilan ulashing, guruhdagilar bilan ulashing, tanishlar bilan ulashing ❌

🟢 Maqolani doʻstlaringizga ulashing va tilimiz xatolardan xoli boʻlishiga hissa qoʻshing.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Read between the lines
🔹 Kalka va kalkalash
🔹 Oʻqiganim kitob va oʻqigan kitobim
🔹 “Svejiy” soʻzining tarjimasi haqida
🔹 Oʻzbekchasini unutganlar uchun mitti lugʻat

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 21
  • 🔥 10
  • 😁 5
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →