TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1931 4.77K
Kalka va kalkalash

Kalka soʻzining rasm chizish bilan bogʻliq maʼnosi ham bor. Lekin bugun til bilan bogʻliq maʼnosiga toʻxtalamiz.

“Kalka tarjima boʻlibdi”, “Iboralarni kalkalamaslik kerak” degan gaplar quloqqa chalinib qoladi. Xoʻsh, kalka oʻzi nima degani?

Fransuzcha calque – nusxa, taqlid soʻzidan olingan bu atama tilshunoslikda boshqa tildan soʻzma-soʻz tarjima qilish orqali yasalgan soʻz yoki iborani anglatadi. Tarjima ona tilidagi soʻzlar vositasida qilinadi, lekin chet tilidagi tartib-taomil saqlanadi. Masalan, dunyoqarash soʻzi ruscha mirovozzreniye soʻzining, ishchi kuchi esa rabochaya sila iborasining kalkasidir.

Kalka koʻpincha salbiy xususiyat kasb etsa-da, ijobiy jihatlari ham bor. U ijodiy jarayonda paydo boʻladigan til hodisasi, tilni boyitish omillaridan biri. Albatta, tarjimon mahorat bilan oʻgira olsa. Tilda mavjud boʻlgan tayyor soʻz, birikma va iboralar oʻrniga chet tilidan soʻzma-soʻz tarjima qilib, oʻxshamagan “eʼjodiy” yangiliklar yaratish esa tarjimonning noʻnoqligi belgisi. Bunday sunʼiy ibora va jumlalar avj olsa, ommalashsa, til sofligi va rivojiga jiddiy zarba beradi.

Siz qanday kalka soʻz va iboralarni bilasiz? Izohlarda qoldiring.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 26
  • 😁 4
  • 🤔 3
  • 😱 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →