TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1635 2.48K
​Oʻqiganim kitob va oʻqigan kitobim

Baʼzan sifatdoshli soʻz birikmalarida egalik qoʻshimchasi otga emas, sifatdoshga qoʻshiladi. Masalan: oʻqiganim kitob. Odatga koʻra, oʻzbekchada oʻqigan kitobim boʻlishi kerak.

Bu hol koʻproq turkchadan tarjimalarda tez-tez koʻzga tashlanadi. Turkcha asarlarni koʻp oʻqigan yoki tarjima qilganlar ham oʻzbekcha yozishda shu ifodadan nisbatan koʻproq foydalanadi.

Egalik qoʻshimchasini otga emas, sifatdoshga qoʻshish aslida toʻgʻri. Masalan:

1️⃣ Oʻqigan kitobim haqida gapirdim.
2️⃣ Oʻqiganim kitob haqida gapirdim.

Birinchi jumlada kitob menga tegishli boʻlib qolyapti, ikkinchisida esa oʻqish (harakat yo holat) menga tegishli.

Turklar bunday gap qurilishini oʻz vaqtida tiliga singdira olgan.

Hozir oʻzbekchada hadeb shunaqa usulni ishlatish ensa qotirishi mumkin. Chunki til tabiatini qoidalar emas, aksincha, qoidalarni til tabiati shakllantiradi. Bizga oʻqiganim kitob deyishdan koʻra oʻqigan kitobim deyish oʻngʻayroq. Bunda kitob meniki degan daʼvo yoʻq. Kitob kutubxonadan yoki biror tanishdan olingan ham boʻlishi mumkin. Gap oʻqilgan kitob haqida ketayotganini oʻzbek tilli kishi qiynalmay tushunadi.

Lekin matnda egalik maʼnosi aniq farqlanishi kerak boʻlgan jumlalar ham uchrab turadi. Bunday paytda egalik qoʻshimchasini sifatdoshga qoʻshgan afzal.

📌 Demak, oʻqigan kitobim deyish ham, oʻqiganim kitob deyish ham xato emas. Ammo iloji boricha xalq tiliga yaqinroq ifodadan foydalanish kerak.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 7
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →