TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1110 34.4K
Hurmat bilan: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Vazirliklar, turli tashkilot va idoralar bir-biriga tez-tez xat yozib turadi. Ana shu xatlarda eng koʻp kuzatiladigan xatolardan biri – hurmat bilan, hurmat ila, ehtirom bilan, ehtirom ila kabi soʻzlardan keyin vergul ishlatish.

Nega bu urf boʻlgan? Menimcha, rus tili taʼsirida. Ruscha xatlarda s uvajeniyem birikmasidan soʻng vergul ishlatiladi. Oʻzbekchada esa vergul kerak emas. Nega?

Chunki biz oʻrganayotgan holatda bilan koʻmakchisi ish-harakatning tarzi, holati kabi maʼnolarni bildiradi va bunday paytlarda vergul ishlatilmaydi:

Butun kuchi bilan ishga kirishdi.
Osonlik bilan bajara oldi.
Diqqat bilan oʻqib chiqdi.

Hurmat bilan gapirdi.

Xat oxirida hurmat bildirib qoʻyish maqsad qilingan holat ham yuqoridagi misollarga oʻxshash:

Hurmat bilan
Direktor K. Jamoliddinov

Ehtirom ila
Boʻlim boshligʻi A. Saidakbarova


👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →