TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #890 3.97K
Asqotadimi, asqatadi?

Bu soʻzni soʻzlashuv tilida kam ishlatamiz. Lekin yozadigan yoki aytadigan boʻlsak, koʻpincha asqotmoq shaklini tanlaymiz. Imlo va izohli lugʻatlarga koʻra, bunday soʻz yoʻq. Demak, asqotdi, asqotadi, asqotyapti kabilar xato sanaladi.

❗️ Soʻzning lugʻatlarda berilgan shakli: asqatmoq.

Men asqotmoq shaklini ham variantdosh sifatida lugʻatlarga kiritish tarafdoriman. Chunki asosan shunday talaffuz qilamiz. Kulgu soʻzi ham shunga oʻxshash. Sheʼriyatda asosan kulgu ishlatiladi. Bu shakl kulgi soʻzining variantdoshi sifatida lugʻatlardan joy olishi kerak.

Talaffuzda biroz oʻzgarishga uchragan va talaffuz shakllari lugʻatlarga kiritilgan soʻzlar koʻp. Iymon va imon, toʻyona va toʻyana, berkitmoq va bekitmoq, kabutar va kaptar, moʻylov va moʻylab, qabariq va qavariq, quvalashmoq va quvlashmoq, toʻlgʻizmoq va toʻlgʻazmoq...

Qiziq tomoni, yuqoridagi soʻzlardan toʻyana, berkitmoq, toʻlgʻizmoq va toʻlgʻazmoq hozircha izohli lugʻatlarga kiritilmagan, ammo imlo lugʻatlarida bor. Berkitmoq soʻzining variantlari izohli lugʻatning sharh va misollari ichida uchraydi.

Asqotmoq ham xuddi yuqoridagi soʻzlarga juda oʻxshash. Lekin hozircha faqat asqatmoq shaklini toʻgʻri deb hisoblab turamiz.


@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 3
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →