Davlat tilida ish yuritish
Davlat tashkilotlarida xat-hujjatlar davlat tilida yozilishi kengaygani sari oʻzbek tilini yaxshiroq bilishga ehtiyoj ortadi. Bu borada shu yoʻnalishdagi kitoblar katta foyda beradi.
2020-yili chop etilgan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qoʻllanmasi rasmiy xatlarni, farmoyish va buyruqlarni, ariza, tarjimayi hol, bildirish, tilxat, hisobot kabi maʼlumot-axborot hujjatlarini, turli xizmat yozishmalarini qanday yozish kerakligi haqida yoʻllanmalar beradi.
Kitobdagi baʼzi juzʼiy xatolar keyingi nashrlarda tuzatiladi degan umiddaman.
Har qanday xodimning ishi tushadigan eng muhim hujjatlar haqida, nasib qilsa, men ham kichik tushuntirishlar beraman.
Elektron kitob Davlat tilini rivojlantirish departamenti saytidan olindi.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1047
9.83K