TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2348 4.81K
​Darslik va oʻquv qoʻllanma: farqi nimada?

#Soʻragan_edingiz

Izohli lugʻatga koʻra, darslik – fanning biror sohasi boʻyicha oʻquvchilar va talabalar uchun moʻljallab yozilgan kitob. U oʻquv adabiyotining asosiy va yetakchi turidir.

Oʻquv qoʻllanma – bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va yaxshiroq oʻzlashtirishga xizmat qiladigan vosita. Oʻquv jarayonida foydalaniladigan tabiiy obyektlar, asbob-uskunalar, jadvallar, xarita, kinofilm, audio va boshqalar ham oʻquv qoʻllanma hisoblanishi mumkin.

Taʼlim nuqtayi nazaridan qaraganda, oʻquv qoʻllanma darslikni toʻldiruvchi yoki uning oʻrnini qisman bosuvchi, rasman tasdiqlangan oʻquv adabiyotidir. Mustaqil oʻqish kitoblari, xrestomatiyalar, maʼlumotnoma-kitoblar, lugʻatlar, chet tillari boʻyicha matni moslashtirilgan kitoblar, mashqlar toʻplamlari, mustaqil shugʻullanish uchun metodik yoʻriqnomalar, bosmadan chiqqan daftarlar va boshqalar oʻquv qoʻllanma sanaladi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 20
  • 😢 3
  • 🔥 1
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →