Qiyin bolalar bilan qanday ishlasak bo’ladi?
Dushmanlaringizni yo‘q qilishning eng samarali yo‘li — ularni do‘stlarga aylantirish.
Do‘stga aylantirishning eng oson usuli esa ular muhtoj, mag‘lub yoki aybdor bo‘lganda kechirish, yordam berish, himmat qilishdir.
Do‘stlaringiz sizga sodiq bo‘lmasligi mumkin, lekin do‘stga aylantirilgan dushmanlar ko‘pincha sodiq qoladi.
Do‘stingizda do‘stlikni isbotlashga hojat yo‘q, do‘stga aylantirilgan dushmanda esa bor. U himmat ko‘rgan, qaytargisi, ishonchni oqlagisi keladi.
Ustozda ham dushmanlar bormi? Ha, gapga kirmaydigan, vazifa qilmaydigan, doimiy gap qaytaradigan, ustozlar bilan tortishadigan, ilmdan ko‘ra ko‘chani xush ko’radiganlar bizga “dushman” bo‘lishi mumkin.
Lekin, ulardagi har bir xatolik — bizga imkoniyat. Maktabda muammoga kirib qolsa, olib chiqib keting. Hech kim kechirolmayotganda, siz to‘g‘ri tushuning. Shaxsiy muammolari paydo bo‘lganda yordam qo‘lini cho‘zing. Himmatli bo‘ling.
Yaqinlashing, qalbini o‘zingizga oshno qiling. Buni uni o‘zgartirishga yo‘l sifatida ko‘ring. Hech kim ishonmaganda ishonsangiz, hech kim o‘zgartirolmaganda o‘zgartirasiz.
Men oson yo‘l yozmadim, qiyin bo’lsa ham, ishlaydigan yo‘lni yozdim.
@MuallimMuhammad
Post #409
11.7K
- ❤ 80
- 💯 27
- 👍 23
- ⚡ 14
- 🔥 5
- 🤔 2