TGViewer
Muallim Muhammad Muallim Muhammad @muallimmuhammad · 14.4K subscribers
Post #568 1.77K
Seni yaxshi ko’raman

Men vatanimni shunchalik yaxshi ko’ramanki, uning kamchiliklarini fosh qilaman.
Pyotr Yakovlevich Chaadayev


Universitetda 3-kursda shu vaqtdagi eng tankasi kuchli ustozlardan birini do’stimiz Azizbek bilan fosh qilganmiz. Pul talab qilgani uchun rahbariyatga olib kirib bizga dars o’tmaydigan qilgandik.

Meritga birinchi yil kirganimda qora ro’yxatga tushgan 3 ustozdan biri bo’lganman yil tugamasdanoq.

Undan keyingi maktabimda ham rahbariyat bilan a’lo bo’lmagan munosabatlarimiz. Men ularning qarorlariga ilmiy isbot va mantiq so’rardim doim. Ularda esa bu har doim ham topilavermasdi.

Har bir rahbarlar bilan o’tgan shunda voqealardan so’ng yangi maktabga ketardim. Haydalmaganman, o’zim tashlab ketardim. Chunki ishimni qo’lgan kelgancha sifatli qilardim.

Rahbarlarimni ko’p tanqid qilardim, talashardim.

O’zingni o’ylaganmisan desa? Yo’q. 80% vaziyatda bolalar ta’limi bo’yicha talashardim. Men kelajak ko’rmasdim bu modellarda.

O’zim ishlagan maktablardagi hamma jabhaga e’tibor berardim, kamchiliklarini rahbariyatga yetkazardim, o’z e’tirozlarimni ochiq aytardim. Chunki men o’z ishxonalarimni yaxshi ko’rardim. Ularning yaxshilanishi xohlardim.

Hozir ham shunaqa ishlayman, yashayman. Bir narsani noto’g’riligini ko’rsam ochiq aytaman, avval o’ziga ishlamasa eng yuqoriga yetkazaman.

Bundan zarar ham ko’rganmanmi? Bo’lib turadi.

Lekin to’g’ri qarorlardan keyin ham qiynalishimiz, jabr ko’rishimiz mumkin.

Haqiqat kimningdir “haqiqatlariga” zid, uning kirdikorlarini ochish. Oqibatiga turib berolmasak, qo’rqoq bo’lib yashashga mahkummiz.

Mard bir marta, qo’rqoq ming marta ishdan bo’shaydi)

@MuallimMuhammad
  • ❤ 58
  • 👍 25
  • 🔥 15
  • 💯 8
  • ⚡ 6
More from @muallimmuhammad
  1. Sep 24, 20262 soatda 500 kishi yig’ilib qo’yibdi. Qabulimiz yopildi. Shu vaqtgacha ulgurganlarni barch…
  2. Sep 24, 2026Sizlarga aytgan oʻsha xushxabarim bilan keldim. Ko'p yillardan beri o'qituvchilarning og'r…
  3. Sep 24, 2026Ikki savolga javob berib ketingchi. 1. Qanday sinflar sizni tezroq charchatadi? Faol lekin…
  4. Sep 24, 2026Yaxshi ustozlar boshlang'ich sinflarni tinchlantira olgan, katta sinflarni esa faollashtir…
  5. Sep 23, 2026Bir muhim narsani aytish yodimdan koʻtarilibdi. 26-27-sentabr kunlari Mohir bilan birgalik…
  6. Sep 23, 2026Puxta tayyorgarlik ko’rish, darsni qiziqarli tashkil etish haqida yozgandim. Endi savol: u…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →