Men nimani ko’rdim?
Guardiola o’z shogirdlarini urshayotganini ko’rdingiz-a? Baqiryapti, so’roq qilyapti, talab qilyapti.
Lekin oxirida nima deyapti?
Men yaxshiroq bo’lishingizni xohlayman, lekin natija qanday bo’lishidan qat’iy nazar sizlarni baribir yaxshi ko’raman,—deyapti.
“Hattoki otangizdek”,— deb qo’shib qo’yyapti.
Bizda nima farq bor?
Bizda baqirish, talab qilish bir yon, yaxshi ko’rishni aytish, mehr ko’rsatish bir yon.
Hech qachon ikkisini birga qilmaymiz. Yo jahlimiz chiqib, g’azab bilan, o’rinsiz so’zlar bilan savalaymiz. Yoki mehrimiz jo’shib yo’q xislatlari bilan maqtab ketamiz.
Tanbeh berayotganimizda, talab qilayotganimizda bolaga uni yaxshi ko’rganimiz uchun, uni foydasi uchun shu ishlarni qilayotganimizni yetkazib bera olmaymiz.
Oqibatda bolalar bizdagi jahl va hissiyotlarni ko’rib meni o’ylayapti deb emas, meni yomon ko’radi shuning uchun urshyapti degan fikr bilan yashashadi.
Guardiola aybini tan olayotganini ham ko’ryapsizmi?
Bolalar xatolarida nafaqat ularning sho’xligi, tajribasizligi balki bizning ularga ma’lumotni to’g’ri yetkazib bera olmaganimiz ham bo’ladi.
Biz ularga tanbeh berarkanmiz, to’liq aybni nohaq ularga yuklab qo’ymaylik. O’z ayblarimizni ham aytaylik, tan olaylik. Adolat qilaylik.
Shundagina ular bizni eshitishadi, aytganimizni qilishadi. Biz orqali o’zgarishadi.
@MuallimMuhammad
Post #528
7K
- 👍 68
- ❤ 29
- ⚡ 8
- 🔥 3
- 💯 2