TGViewer
Channel Public Channel
Street MBA / Abror Mashrabov bilan

Street MBA / Abror Mashrabov bilan

@street_mba

- https://cloz.uz va https://hrsevil.uz asoschisiman
- "Eng Zo'rini Top" kitobi muallifiman - clck.ru/3Rf55h
- Ikkinchi kanalim - @mashrabov_aa

Konsultatsiya & reklama: @Abroraloqabot
Subscribers
1.81K
Photos
3
Videos
0
Links
37
Recent Posts 20 shown
Post #124 1.22K
4+1 sabab

Xodim biror vazifani bajarmasligini 5ta sababi:

1. Vaqti yo'q. Boshqa vazifalar bilan band;
2. Xohishi yo'q. KPI yo'q, e'tirof yo'q, misol uchun;
3. Kerakli resurslar yo'q. Masalan: mahsulotlar, uskunalar;
4. Kerakli bilim va ko'nikmalari yo'q. Hech kim o'rgatmagan;
5. D@#!ayop. Shunchaki d@#!ayop.

@street_mba / @mashrabov_aa
Post #123 1.93K
Merfi qonuni

Yaqinimiz bir mahsulot import qiladi.

Mahsulotni bozorga tanitib olish uchun juda ko’p pul va mehnat sarfladi.

Endi mevasini tatiyman deganda zavod boshqa importchi bilan ham ishlashni boshladi.

«Ertaga importchilar soni birdan oshib ketishi mumkin, yoki zavodni o’zi bizga kirib kelishi mumkin, birovni mahsulotiga boringni berib yuborma» dedik.

Eshitmadi.

Reklamaga pul tikishni davom etdi.

Va yana endi mevasini tatiyman deganda zavodni o’zi kirib keldi bizga.

Narxlar ham tushib ketdi.

Merfi qonunini esdan chiqarmaylik,

Sodir bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday yomon hodisa albatta sodir bo’ladi.

Uyimizda qoqilib tushish mumkin bo'lgan simga ertami-kechmi baribir qoqinib tushamiz. Uyimizni 5 qo'limizdek bilsak ham bu sodir bo'ladi.

Agar butun jarayon bitta xodimga bog‘langan bo‘lsa, ertami-kechmi aynan u yo‘q paytda muammo chiqadi.

@street_mba / @mashrabov_aa
Post #122 2.09K
Ko'rinmas majburiyat

Dam olib turish rahbar sifatida biror kun foydalansak bo'ladigan huquqimiz emas.

Dam olib turish rahbar sifatida muntazam tarzda amalga oshirishimiz shart bo'lgan majburiyatimiz.

Buni sababi ikkita.

Birinchisi. Jamoadan va jarayonlardan bezillab ketmaslik uchun ularni "sog'inib" turishimiz kerak.

Ikkinchisi. Yo'qligimizda o'rnimizga qo'ymoqchi bo'lgan nomzodlarni bizsiz nimalarga qodirligini tekshirib olamiz. Real mas'uliyat nimaligini ko'rishadi.

24/7 ishxonada bo'lib mustaqil ishlay oladigan jamoa qurish juda qiyin.

(Inqirozlar va startaplar istisno).

#boshqaruv

@street_mba / @mashrabov_aa
Post #120 1.75K
May oyida boshlangan cloz.uz loyihamiz bo'yicha bir necha yangiliklar:

1) Rezyume bazasida 6,100+ nomzodlar bo'ldi. Bularning 50%'dan ko'pi avgustda qo'shildi, chunki endi urg'u berishni boshladik. Yilni oxirigacha 500,000 - 1,000,000'ni nishon qildik.

2) Iyuldan boshlab HR jarayonlarini avtomatlashtirish uchun maxsus tizim ichlab chiqdik:

• nomzodlar uchun yagona baza va kanban-doska;
• mos nomzodlarni saralash uchun filtr-savollar;
• arizalarni yig‘uvchi Telegram-bot — tizimimiz orqali yaratilgan botlar misollari: @winnersacademyhrbot, @terraproHRbot;

Rezyume bazasini va ATS'ni alohida-alohida sotishni o'yladik rosa, lekin ikkalasini bitta obunani ichiga qo'shishga qaror qildik - 450,000 so'm.

Bundan tashqari 10 kunlik bepul DEMO'ni ham ochib qo'ydik hammaga.

DEMO qiziq bo'lsa - @vacancy_admin'ga - yozavering.

Ha aytgandek, jamoamizga ko'zi yongan sotuvchilar ham kerak, birga ishlashni niyat qilgan bo'lsangiz marhamat, menga yozing - @abroraloqabot

#cloz_update

@street_mba / @mashrabov_aa
Post #119 1.71K
Psixologik pora

Natija qilmayotgan xodim bilan,

Ichki qoidalarni muntazam ravishda buzadigan xodim bilan,

Fitna tarqatadigan xodim bilan,

Yoki hamma bilan konfliktga boradigan xodim bilan issig'ida gaplashish "joyiga qo'yib qo'yish" psixologik xotirjamligimizni ("komfortimizni") buzadi.

Asabiylashamiz, birovni kayfiyatini buzamiz, o'zimiznikini ham.

Komfortimiz buzilishini esa hech qaysimiz yoqtirmaymiz.

Komfortimizni saqlab qolish uchun "psixologik pora" beramiz xodimga.

Ya'ni, "men seni tegmayman, sen meni tegmaysan" pozitsiyasini egallaymiz.

"Psixologik pora" berib muammoni yashirishimiz mumkin,

Lekin,

Vaqt o'tgan sari muammoni narxi qimmatlashib boradi.

Shuning uchun,

Vaziyat nazorat ostidan chiqib ketmasin desak "psixologik komfortimizni" qurbon qilaylik. Va noqulay suhbatlarni boshlashni cho'zmaylik.

#boshqaruv

@street_mba / @mashrabov_aa
Post #118 1.5K
Zaif natija ≠ Zaif jamoa

Tarkibida Zidane, Ronaldo, Figo, Beckham, Roberto Carlos, Raul va Casillas bo’la turib ham Real Madrid 2003-2006 mavsumlarida birorta ham nufuzli kubok yuta olmagan.

Jamoam zo’r bo’lganida zo’r natija qilar edim, deyishga shoshilmaylik.

Chunki,

Har doim ham zaif natija zaif jamoadan bo’lmaydi.

Zaif boshqaruv tizimi bilan jamoamiz yulduzlardan iborat bo’lsa ham hech narsa qila olmaymiz.

#boshqaruv

@street_mba / @mashrabov_aa
Post #117 1.96K
Oylik syurpriz bo‘lmasin

Xodimlarga mukofot tizimini (KPI) joriy qildikmi? Sodda qilaylik.

Oyning 5-sanasi bo‘ladimi, 20-sana bo‘ladimi - istalgan vaqtda qancha pul ishlab topganini o‘zi aniq hisoblay olisin.

Agar sodda qilish imkoni bo’lmasa,

Xodim qancha ishlab topganini o’zimiz hisoblab ko’rsataylik (tahminiy bo’lsa ham). Faqat real-time bo’lsin, xuddi WB/Yandeksga o’xshab.

Real-time hisob-kitoblarni psixologik ta’siri katta-da miyamizga. Bu haqida mana tadqiqot.

Xodim o’z mukofotini real-time hisoblay olmasa yoki biz hisoblab beradigan tizim qilib bera olmasak yaxshisi shunchaki quruq oylik beraylik.

Chunki,

Tushunarsiz va ishlamaydigan KPI tizimdan ko’ra yaxshigina fiksa oylik yaxshiroq.

#hr #kpi

@street_mba / @mashrabov_aa
Post #116 1.55K
O‘zgarishlarni boshladikmi - boshida o‘zimiz turaylik

CEO ishtirokisiz har kuni, har hafta, har oy yoki har chorak takrorlanadigan jarayonlarni bajarsa bo’ladi. Yaxshi bir COO yordamida.

Lekin,

CEO ishtirokisiz katta o’zgarishlar (change management) qilib bo’lmaydi.

Chunki,

O’zgarishlar o’zi og’ir jarayon.

Va unda qatnashmaslik jamoaga “bu o’zgarishlar men uchun muhim emas” degan signal yuboradi.

Jamoa esa CEO aytgan narsani emas, CEO e’tibor bergan narsani muhim deb biladi xolos.

#boshqaruv

@steet_mba / @mashrabov_aa
Post #115 1.9K
Rivojlanishning eng og'ir narxi

Ancha yildan beri biz bilan ishlab kelgan,

Sadoqatli,

Korxonani sevadigan,

Harakatchan va korxona uchun ko'p narsa qilib ulgurgan, xodimlar bilan ham xayrlashib turish kerak. Agar ular bizga kerakli darajani bera olishmay qolsa.

To'g'ri, bunday insonlar bilan xayirlash narxi juda og'ir.

Lekin,

Xayrlashmaslikni ham narxi og'ir.

Har doim sadoqatni kompetensiyadan ustun qo‘yadigan bo'lsak korxonani keyingi darajaga olib chiqish ham qiyin bo'ladi. Rivojlangan sari talab qilinadigan kompetensiyalar ro'yxati ham kengayadi-da.

Munosabatlarni qurbon qilmay deb korxonani kelajagini qurbon qilib qo'yishimiz mumkin.

Shuning uchun,

Boshi "potolokga" tegib qolgan xodimlarga yoki o'ziga mos lavozim beraylik,

Yoki xayrlashaylik.

Sadoqat va harakatchanlikni ishdan bo'shatilishga qarshi immunitetga aylantirmaylik.

—

👉 P.S. Tayyor bo‘lganingizda, sizga yordam berishim mumkin bo‘lgan 5ta yo‘l bor:

1) Ish va xodim topish uchun CLOZ'dan foydalaning - 🔗 cloz.uz
2) Rekruting bo'yicha elektron kitobimni sotib oling, 89,000 so'm - 🔗 clck.ru/3Rf55h
3) Rekruting bo'yicha online kursimga yoziling, $149 - 🔗 clck.ru/3Sgodz
4) Rekruting xizmatimdan foydalaning - 🔗 hrsevil.uz
5) 1ga1 konsultatsiyaga oling - @abroraloqabot


#boshqaruv #hr

@street_mba / @mashrabov_aa
Post #114 1.93K
Korporativ vabo

1347–1353 yilda butun Yevropani vabo (чума) bosib oldi.

Jamiyatni xavf ostiga qo’ymaslik uchun kasallarni shahardan uzoqroqdagi maxsus izolyatsiyalashtirilgan joylarga chiqarib yuborishgan.

Vabo tarqagan vodiylardan kelgan kemalarni 30-40 kun davomida shaharga kirgizishmagan.

Karantin majburiy chora bo’lgan.

Aks xolda butun shahar yoki davlat halok bo’lishi mumkin edi.

Agar korxonamizda quyidagi narsalar bilan shug’ullanadiganlarni ko’rsak ularni ham “karantinga” chiqarib yuboraylik:

- g’oyalarni emas, shaxslarni muhokama qilishadi;
- yechimlarni emas, faqat muammolarni gapirishadi;
- xatolarni tuzatishga emas aybdor qidirishga vaqt sarflashadi.

Oqibatda,

“Eng tajribali” va “eng ishongan“ xodimlarimiz yoki ketishni boshlashadi,

Yoki ular ham virus tarqatuvchilar qatoridan joy olishadi.

Xullas,

“Negativchilar” faqat muhitni emas,

Balki korxonani o’ldirishadi.

Professional tilda “korporativ vabo” deyiladi bu.

Negativchilarga nisbatan “zero tolerance” strategiyasi qo’llaylik.

#boshqaruv

@street_mba / @mashrabov_aa
Post #112 2.47K
Qo'pollikka kirmaydi

Xodim yollashni endi-endi boshlaganimda suhbat jarayonida nomzodlar mavzudan tashqariga o'tlab ketsa gapini bo'lmas edim.

— Birov gapirganida suhbatni buzmagin, bu qo'pollikka kiradi bolam. - deb o'rgatishganda.

Hozir esa nomzod mavzudan tashqariga chiqib ketsa darrov,

"Judayam qiziq, lekin keling mavzuga qaytaylik",
"Sizni javobingizni men bergan savolga nima dahli bor?",
"Men jo'nim bilan siz aytayotgan narsa haqida batafsil gaplashgan bo'lar edim, lekin vaqtimiz chegaralangan",

Va shu kabi iboralar bilan suhbatni o'zimga kerakli joyga yo'naltiraman.

Bu bilan o'zimni ham nomzodni ham vaqtini tejayman.

HR'da suhbatni bo'lish tarbiyasizlikdan dalolat emas.

Suhbatni boshqara olmaslik esa professional emasligimizdan dalolat.

—

👉 P.S. Tayyor bo‘lganingizda, sizga yordam berishim mumkin bo‘lgan 5ta yo‘l bor:

1) Ish va xodim topish uchun CLOZ'dan foydalaning - 🔗 cloz.uz
2) Rekruting bo'yicha elektron kitobimni sotib oling, 89,000 so'm - 🔗 clck.ru/3Rf55h
3) Rekruting bo'yicha online kursimga yoziling, $149 - 🔗 clck.ru/3Sgodz
4) Rekruting xizmatimdan foydalaning - 🔗 hrsevil.uz
5) 1ga1 konsultatsiyaga oling - @abroraloqabot


#hr

@street_mba / @mashrabov_aa
Post #110 2.83K
Majburiyat ≠ Mas’uliyat

Buxgalterimiz aldab ketgan bo‘lsa, demak, biz rahbar sifatida zaif tizim qurdik.

Yaxshi sotuvchimiz “nonko‘rlik” qilib ketib qolgan bo‘lsa, demak, biz rahbar sifatida odam tanlashda adashdik, kelishuvni to‘g‘ri qilmadik yoki e’tiborli bo‘lmadik.

Marketologimiz “ishni eplay olmagan” bo‘lsa, demak, biz rahbar sifatida vazifalarni aniq bermadik, yetarlicha nazorat qilmadik yoki kerakli resurslar bilan ta’minlamadik.

Xodimning zimmasiga majburiyatni yukladik degani mas’uliyatni ham yukladik degani emas.

Afsus, mas’uliyat yuklanmaydi.

U har doim bizda, rahbarlarda qoladi.

Garchi xodim qonuniy tomondan mas’uliyatni bo‘yniga olgan bo‘lsa ham.

Bunday “adolatsizlikka” chiday olmasak, rahbarlikni tashlaylik.

Agar odam zoti bitta aytganda aytilgan ishni qiladigan,

Lafzini buzmaydigan,

Va nafsiga yo‘liqmaydigan bo‘lganida, rahbar zoti kerak bo‘lmas edi.

#boshqaruv

@street_mba / @mashrabov_aa
Post #109 3.06K
"Quiet firing"

Ishdan bo'shatishni ikkita yo'li bor.

Birinchisi. To'g'ridan to'g'ridan to'g'ri suhbat orqali bo'shatish.

Bunday suhbatlar yoqimsiz bo'ladi. O'g'ir o'tadi. His tuyg'ularga boy bo'ladi. Uzoq davom etadi, vaqt sekin o'tadi.

Xullas bu ish "dux" talab qiladi. Ustiga ustak xodim bizdan xafa bo'lib qolishi ham hech gap emas.

Shuning uchun ham ko'p rahbarlar bu uslubni yoqtirishmaydi.

Ikkinchisi. Ishdan bo'shatmasdan ishdan bo'shatish, ya'ni xodimni o'zi ketib qolishi uchun sharoitlar yaratish.

Masalan,

Xodimni g'iybat qilishni boshlash,
Majlislarga chaqirmay qo'yish,
Sekin asta muhim ishlardan chetlab qo'yish,
Katta bosim berish kabi choralar ko'rish.
Va hokazo.

Birinchi holatda xodim bizdan xafa bo'ladi xolos.

Ikkinchi holatda esa xodim bizni butun umr nafrat bilan eslaydi. Ikkiyuzlamachilik qilganligimiz uchun. Yuziga aytishga "duximiz" yetmaganligi uchun.

Ustiga ustak korporativ madaniyat ham enasinikiga kiradi. Tizimga ishonmay qo'yishadi ichkaridagilar.

Ikkinchilar qatoridan joy olmay desak "exit interview’ni" ekrakchasiga o'tkazaylik.

👉 P.S. Tayyor bo‘lganingizda, sizga yordam berishim mumkin bo‘lgan 5ta yo‘l bor:

1) Ish va xodim topish uchun CLOZ'dan foydalaning - 🔗 cloz.uz
2) Rekruting bo'yicha elektron kitobimni sotib oling, 89,000 so'm - 🔗 clck.ru/3Rf55h
3) Rekruting bo'yicha online kursimga yoziling, $149 - 🔗 clck.ru/3Sgodz
4) Rekruting xizmatimdan foydalaning - 🔗 hrsevil.uz
5) 1ga1 konsultatsiyaga oling - @abroraloqabot


#hr

@street_mba / @mashrabov_aa
Post #108 2.4K
"Quiet quitting"

Zo'r xodimimiz o'ziga qo'shimcha vazifa olmay qo'ygan bo'lsa,

Faqat chizilgan chiziq bo'yicha yurishga o'tib olgan bo'lsa,

9-18 rejimini mahkam ushlab ish yonib yotsa ham ishda 1 daqiqa ham ortiqcha vaqt o'tkazmayotgan bo'lsa,

Ishga emotsional yondashmay qo'ygan bo'lsa,

Lekin hali hamon ishdan bo'shamagan bo'lsa,

Bilaylikki,

U shovqinsiz ishdan bo'shab bo'lgan. G'arbda buni "quiet quitting" deyishadi.

Ya'ni,

Ishdan bo'shamasdan ishdan bo'shash.

Odatda bu motivatsiyasi yo'qligidan / tushib ketganidan,

Yoki,

Professional toliqishdan kelib chiqadi.

Bunday holatda xodimga dam beraylik,

Va motivatsiyasini qayta gaplashib chiqaylik.

#hr #boshqaruv

@street_mba / @mashrabov_aa
Post #107 2.5K
Kolxoz direktori majlisda:

O'tgan yili 1 gektar jo'xori ekkan edik, hammasini qurt yeb ketdi.

Bu yili 2 gektar jo'xori edik, hammasini qurt yeb ketdi.

Keyingi yil 10 gektar jo'xori ekamiz. Qurtlarni qorni yorilib o'lsin. Boshqa jo'xori yemaydigan bo'ladi.

To’g’ri, vaziyat kulgili.

Lekin,

O’zimizni harakatlarimizga ham bir qarab qo’yaylik-da.

Sabablarni o’rniga oqibatlar bilan kurashmayapmizmi?

Xodimlar tez-tez ketib qolayotgan bo’lsa balki ayb faqat HR’da yoki "Z" avlodda emasdir faqat?

👉 P.S. Tayyor bo‘lganingizda, sizga yordam berishim mumkin bo‘lgan 5ta yo‘l bor:

1) Ish va xodim topish uchun CLOZ'dan foydalaning - 🔗 cloz.uz
2) Rekruting bo'yicha online kitobimni sotib oling, 89,000 so'm - 🔗 clck.ru/3Rf55h
3) Rekruting bo'yicha online kursimga yoziling, $149 - 🔗 clck.ru/3Sgodz
4) Rekruting xizmatimdan foydalaning - 🔗 hrsevil.uz
5) 1ga1 konsultatsiyaga oling - 🔗 clck.ru/3QaVpj


#hr

@street_mba / @mashrabov_aa
Post #106 2.53K
Xodimni mehnatini "ignor" qilish va uni e’tiborsiz qoldirish xodimni qilgan mehnatini uni ko’z oldida barbod qilish bilan bir xil.

#boshqaruv

@street_mba / @mashrabov_aa
Post #105 3.29K
Bepul xodim

«Bir-ikki oy sinov muddati» deb pul to’lamasdan xodim ishlatishni cho’ntagimizga plyusi bo’lishi mumkin,

Lekin,

Yaqqol minuslari ham yo’q emas:

1. Tanqidimizni qabul qilishi qiyin bo’ladi.

Bu meni ishimdan kamchilik topib pul to’lamasdan chopib yubormoqchi degan gumonlarga boradi.

2. O’zini 100% ishga bag’ishlay olmaydi.

Qornini o’ylaydi. Ro’zg’orni o’ylaydi.

3. Yaxshi nomzodlarni yo’qotamiz.

Kuchli kadrlar vaqtini qadrini biladida.

Hech bo’lmasa yo’lkira va tushligini beraylik shuning uchun.

👉 P.S. Tayyor bo‘lganingizda, sizga yordam berishim mumkin bo‘lgan 5ta yo‘l bor:

1) Ish va xodim topish uchun CLOZ'dan foydalaning - 🔗 cloz.uz
2) Rekruting bo'yicha online kitobimni sotib oling, 89,000 so'm - 🔗 clck.ru/3Rf55h
3) Rekruting bo'yicha online kursimga yoziling, $149 - 🔗 clck.ru/3Sgodz
4) Rekruting xizmatimdan foydalaning - 🔗 hrsevil.uz
5) 1ga1 konsultatsiyaga oling - 🔗 clck.ru/3QaVpj


#hr

@street_mba / @mashrabov_aa
Post #104 2.33K
Aloqani ushlaylik

Ishdan bo’shab ketganlarni qayta ishga chaqirish «tupurgan tuprikni qaytarib olish» bilan bir xil narsa emas.

Past ketish ham emas.

Yalinish ham emas.

G’arbda buni «boomerang recruiting» deyishadi.

Va bunga zo’r qarashadi.

Birinchidan. E’lonlardan pul tejaladi. Xodimni moslashtirishdan ham pul tejaladi. Ichki muhitdan va ishdan xabari borda chunki.

Ikkinchidan. Boshqalarga yaxshi ibrat bo’ladi. Odamlar qaytib kelishyaptimi, demak yaxshi ishxona ekan degan tushunchani beradi.

Uchinchidan. Xodim yangi bilim va tajriba bilan qaytadi.

Shuning uchun,

Ketganlar bilan aloqani yo’qotmaylik.

👉 P.S. Tayyor bo‘lganingizda, sizga yordam berishim mumkin bo‘lgan 5ta yo‘l bor:

1) Ish va xodim topish uchun CLOZ'dan foydalaning - 🔗 cloz.uz
2) Rekruting bo'yicha online kitobimni sotib oling, 89,000 so'm - 🔗 clck.ru/3Rf55h
3) Rekruting bo'yicha online kursimga yoziling, $149 - 🔗 clck.ru/3Sgodz
4) Rekruting xizmatimdan foydalaning - 🔗 hrsevil.uz
5) 1ga1 konsultatsiyaga oling - 🔗 clck.ru/3QaVpj


#hr

@street_mba / @mashrabov_aa
Post #103 2.12K
Ideal trayektoriya

"Bezel" klubidan nomi chiqqan "Chelsea" klubiga o'tdi. Lekin u yerda yaxshi o'ynay olmadi va asosiy vaqtini zaxirada o'tkazdi.

Keyin uni ijaraga "Fiorentina", undan keyin esa "Roma" klubiga berib yuborishdi.

"Roma" klubida zo'r o'yin ko'rsatib yana nomi chiqqan klubga, "Liverpulga" qaytdi.

"Liverpulda" ancha muncha rekkordlar qo'ydi, Chempionlar ligasini yutdi, Angliya Premier Ligasini eng zo'r to'p-urarlaridan biriga aylandi.

Bu futbolchini ismi Mohammed Salah. Laqabi "Misrlik Messi".

Xodimlarni suhbat qilish jarayonida (ayniqsa yuqori lavozimlarga) biz ideal rivojlanish trayektoriyasini ko'rgimiz keladi.

Oddiy o'qituvchi -> Zavuch -> Direktor -> yana Oddiy o‘qituvchilikka qaytgan va yana direktorlikka topshirgan nomzod ichimizda shubha uyg'otadi.

Demak buni nimadir ishkali bor deb o'ylaymiz. Trayektoriya buzilganda chunki.

Vaholanki,

Eng kuchli nomzodlar har doim ham ideal trayektoriyaga ega nomzodlar emas,

Balki,

Karyerasi sinishiga qaramay o'zi sinmagan nomzodlardir.

#hr

—

👉 Foydali tavsiya: Jasur aka va Aziz aka bog'cha ochish, uni to'g'ri yuritish va eng asosiysi to'g'ri jamoa yig‘ish bo'yicha videodarsliklar tayyorlashibdi. Ta'lim sohasida ish boshlamoqchi bo'lganlarga va ta'limda ishlab yurganlarga maslahat beraman.

@street_mba / @mashrabov_aa
Post #102 2.19K
Avval osh, keyin desert

Choyxonaga borib o'tirishni desert bilan boshlasak ketidan dunyodagi eng zo'r osh ham ketmaydi.

Oshqozonni ham o'zini ketma ketligi borda.

Avval - asosiy taom. Desert, tarvuz-qovun, chak-quqlar esa keyin.

Korxonamiz ham oshqozon kabi ishlaydi,

Avval - asosiy vazifalar. Turli xil AI-yechimlar, SAP'lar, murakkab moliyaviy dasturlar esa keyin.

Masalan, internet do'konimiz skladida stabil ravishda mol turmasa, marketingga pul yoqishimizni foydasi yo'q. Mijozlar qaytib kelmaydi.

Yoki skladimiz molga to'lgan bo'lsa-yu biz mijozlar olib kelishni o'rniga UI/UX'ni ustida tinmay ishlayotgan bo'lsa ham foydasi yo'q.

Asosiy va ikkilamchi ishlarni aniq ajratib olish tadbirkor sifatida eng asosiy vazifalarimizdan biri ekan.

Asosiy vazifalar qatoriga shunday vazifalar kiradiki, ularsiz qolgan barcha vazifalar o‘z ma’nosini yo‘qotadi.

#tizim

—

👉 Foydali anons. 6 iyun kuni yaqinlarimiz marketologlar uchun 300 kishilik Digital Forum tashkillashtirishyapti. Men ham boraman InshaAllah. Sizga ham tavsiya qilaman. Ro'yxatdan o'tish.

@street_mba / @mashrabov_aa
Older posts →

About this channel

How can I read @street_mba without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Street MBA / Abror Mashrabov bilan: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Street MBA / Abror Mashrabov bilan have?
Street MBA / Abror Mashrabov bilan (@street_mba) has 1.81K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Street MBA / Abror Mashrabov bilan know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →