Ancha yildan beri biz bilan ishlab kelgan,
Sadoqatli,
Korxonani sevadigan,
Harakatchan va korxona uchun ko'p narsa qilib ulgurgan, xodimlar bilan ham xayrlashib turish kerak. Agar ular bizga kerakli darajani bera olishmay qolsa.
To'g'ri, bunday insonlar bilan xayirlash narxi juda og'ir.
Lekin,
Xayrlashmaslikni ham narxi og'ir.
Har doim sadoqatni kompetensiyadan ustun qo‘yadigan bo'lsak korxonani keyingi darajaga olib chiqish ham qiyin bo'ladi. Rivojlangan sari talab qilinadigan kompetensiyalar ro'yxati ham kengayadi-da.
Munosabatlarni qurbon qilmay deb korxonani kelajagini qurbon qilib qo'yishimiz mumkin.
Shuning uchun,
Boshi "potolokga" tegib qolgan xodimlarga yoki o'ziga mos lavozim beraylik,
Yoki xayrlashaylik.
Sadoqat va harakatchanlikni ishdan bo'shatilishga qarshi immunitetga aylantirmaylik.
—
👉 P.S. Tayyor bo‘lganingizda, sizga yordam berishim mumkin bo‘lgan 5ta yo‘l bor:
1) Ish va xodim topish uchun CLOZ'dan foydalaning - 🔗 cloz.uz
2) Rekruting bo'yicha elektron kitobimni sotib oling, 89,000 so'm - 🔗 clck.ru/3Rf55h
3) Rekruting bo'yicha online kursimga yoziling, $149 - 🔗 clck.ru/3Sgodz
4) Rekruting xizmatimdan foydalaning - 🔗 hrsevil.uz
5) 1ga1 konsultatsiyaga oling - @abroraloqabot
#boshqaruv #hr
@street_mba / @mashrabov_aa