TGViewer
Channel Public Channel
20 yoshimda tushunganimda edi

20 yoshimda tushunganimda edi

@mashrabov_aa

- https://cloz.uz va https://hrsevil.uz asoschisiman
- Ikkinchi kanalim - @street_mba

Konsultatsiya & reklama: @Abroraloqabot
Subscribers
6.31K
Photos
6
Videos
0
Links
36
Recent Posts 20 shown
Post #741 1.23K
O’zimizni moliyaviy muammolarimiz ko’p bo’lsa moliyaviy muammolari bor qizga uylanmaylik.

Uydagilari baquvvatroq qizni olaylik.

Chunki,

Uylanganimizdan keyin bizni muammolarimiz faqat biznikiligicha qolaveradi.

Lekin,

Qizni muammolari qizniki bo’lib qolmaydi. Uning muammolari ham bizniki bo’ladi.

Agar hal qila olmasak o’zimizni ham kelinni ham qiynab qo’yamiz.

Shuning uchun,

Oyoqqa turib olmagunimizcha kamida o’zini moliyaviy muammolarini o’zi hal qilib ola oladigan qiz tanlaylik.

@mashrabov_aa / @street_mba
Post #740 1.89K
Ahmoqona o'yinlarda raqobat qilsak faqat ahmaqona sovg'alar yutar ekanmiz.

Ko'pchilik o‘ynaydigan o'yinlar esa (hashamatli to'y, boy ko'rinish va hokazo) = ahmoqona o'yinlar.

Shunday ajratib olaveraylik.

@mashrabov_aa / @street_mba
Post #739 3.82K
Do’stimizni do’sti

Umumiy (общий) do’stimiz bo’lishi munosabatlarimizni mustahkamlaydi.

Umumiy dushmanimiz bo’lishi munosabatlarimizni mustahkamlaydi.

Umumiy tanishimiz bo’lishi ham munosabatlarimizni mustahkamlaydi.

Lekin,

Do’stimiz dushmanimiz bilan (yoki biz suymaydigan inson bilan) do’st bo’lishi munosabatlarimizni sovutar ekan.

Sirlarimiz dushmanimizga borishidan qo’rqib jiddiy mavzularda gaplashmay qo’yamiz.

Suhbatlarimiz sayozlasha boshlaydi.

To’liq ishonmay qo’yamiz. Garchi ishonishni xohlasak ham.

@mashrabov_aa / @street_mba
Post #738 5.19K
Nol nuqtasi ≠ Mag’lubiyat nuqtasi

Birinchi yil ekkan ko’chatimiz hosil bermagan bo’lsa,

Shunchaki qishdan omon chiqib, tirik qolganiga xursand bo’laylik.

3 yildan beri biznes qilib ishlarimiz zo’r bo’lib ketmagan bo’lsa,

Shunchaki yomon bo’lib, qurib ketmaganimizga xursand bo’laylik.

25’ga kirib boy bo’lib ketmagan bo’lsak,

Shunchaki 22% aholiga o’xshab qarzga botib minusga kirib ketmaganligimizga xursand bo’laylik.

Noldaman deb o’zimizni yemirmaylik,

Chunki,

Nolga chiqib olishni o’zi katta muvaffaqiyat hisoblanadigan zamonda yashayapmiz.

Nol nuqtasini o’zi juda ko’p ishlar qilishga erkinlik beradi.

@mashrabov_aa / @street_mba
Post #737 5.82K
Kelajagimizni o’g’irlaydi

O’zini ishidan tashqari taksi qilar edi.

Jami $1,000 daromadi bor edi.

Yaxshiroq ish so’rab bordi bir joyga.

Boshlanishiga $500’lik taklif berishdi.

Bosib ishlasa 2 yilda $3,000 ga chiqishi mumkinligini ham aytishdi.

Kreditlarim bor, uzr, men $1,000 dan kam topishim mumkin emas dedi va avvalgi ishida qoldi.

Kredit va qarzlar faqat halovatimizni va uyqumizni emas,

U kelajagimizni ham o’g’irlaydi.

Zo’r imkoniyatlarga YO’Q deyishga majbur qiladi.

@mashrabov_aa / @street_mba
Post #736 6.06K
Hayot chiziqli ishlamaydi

Chumoli o'zini vaznidan 50 barobar og'ir narsani ko'tara oladi.

Chumolini odam hajmigacha kattalashtirsak u hatto o'z vaznini ko'tara olmay o'lib qoladi.

—

2x2 xona = 4 m2
4x4 xona = 16 m2

Xonani hajmini 2 barobar kattalashtirdik, lekin xona kvadrati 2 barobar emas 4 barobar oshdi.

—

Ko'chada mashinalar soni 10% ko'paysa probkalar 10% emas, 50-100% ko'payishi mumkin.

—

2 barobar ko'p ishlasak, 2 barobar ko'p natija o'rniga umuman natija olmasligimiz ham mumkin. Masalan, ahmoq bilan 2 barobar ko'proq sporlashsak.

—

8 soat o'rniga 16 soat uxlasak 2 barobar ko'proq dam olgan bo'lmaymiz. Umuman bosh ko'tara olmay qolamiz.

—

Obro' qurishga 10 yil vaqt ketishi mumkin. Uni yo'qotishga esa 100 barobar kamroq vaqt ketadi.

—

1,000ta xorijiy so'z biladigan odam bilan 500ta so'z biladigan odam orasidagi farq shunchaki 2 barobar ko'proq so'z bilishda emas.

500ta so'z bilan hali tilni deyarli ishlata olmaslik mumkin.

1,000ta so'z bilan esa sodda matnlarni o'qish boshlanadi.

—

Ko'rib turganimizdek,

Hayot qonunlari juda nochiziqli (non-linear). 1+1 har doim ham 2 emas. Ba'zida 0, ba'zida esa 10.

Shunday ekan,

Faqat chiziqli (linear) fikrlashimizni o'zi yetarli emas. Nochiziqli fikrlashni ham o'rganaylik.

@mashrabov_aa / @street_mba
Post #735 4.93K
Yangi boylar faqat o’ziga o’xshagan boylar bilan xushmuomala.

Eski boylar esa hamma bilan xushmuomala.

Ayniqsa ofitsiant, kuryer, farrosh, qorovul va taksistlar bilan.

@mashrabov_aa / @street_mba
Post #734 7.33K
Kichkina pulga yomon ishlaydigan xodim katta pulga ham yomon ishlaydi.

Kichkina ishlarni yomon bajaradigan xodim katta ishlarni ham yomon bajaradi.

Kichkina vaziyatlarda aldaydigan xodim katta vaziyatlarda ham aldaydi.

@mashrabov_aa / @street_mba
Post #733 6.36K
Merfi qonuni

Yaqinimiz bir mahsulot import qiladi.

Mahsulotni bozorga tanitib olish uchun juda ko’p pul va mehnat sarfladi.

Endi mevasini tatiyman deganda zavod boshqa importchi bilan ham ishlashni boshladi.

«Ertaga importchilar soni birdan oshib ketishi mumkin, yoki zavodni o’zi bizga kirib kelishi mumkin, birovni mahsulotiga boringni berib yuborma» dedik.

Eshitmadi.

Reklamaga pul tikishni davom etdi.

Va yana endi mevasini tatiyman deganda zavodni o’zi kirib keldi bizga.

Narxlar ham tushib ketdi.

Merfi qonunini esdan chiqarmaylik,

Sodir bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday yomon hodisa albatta sodir bo’ladi.

Uyimizda qoqilib tushish mumkin bo'lgan simga ertami-kechmi baribir qoqinib tushamiz. Uyimizni 5 qo'limizdek bilsak ham bu sodir bo'ladi.

@mashrabov_aa / @street_mba
Post #732 5.3K
Influencer'miz

Bir chet ellik fuqaroni uxlatib ketsak, uning nafrati faqat bizga emas, millatimizgacha yoyilishi mumkin.

Boshqa din vakiliga nisbatan yomonlik qilsak, uning munosabati faqat bizga emas, butun Islomga nisbatan yomonlashishi mumkin.

Yosh bolani aldasak, uning ishonchi faqat bizga emas, barcha kattalarga nisbatan yo'qolishi mumkin.

Bir xodimga nisbatan adolatsizlik qilsak, u faqat bizdan emas, boshqa rahbarlardan ham sovub qolishi mumkin.

Bir o'quvchiga befarqlik qilsak, uning muhabbati faqat bizga nisbatan emas, o'qishga nisbatan ham tag-tugi bilan yo'qolishi mumkin.

Bir mijozimizga "ertaga tuzatib beraman" deb ishini cho'zib yursak, u faqat bizni emas, barcha ustalarni yomonlab yurishi mumkin.

Xuddi shu narsa teskarisiga, ijobiy tomonga ham ishlaydi.

Harakatlarimizni birgina odam ko'rib, u faqat bizga emas,

Biz orqali ko'plab boshqa narsalarga ham baho beradi, xulosa qiladi.

Influencer'ligimizni va ko'plab guruhlarni vakili ekanligimizni unutib qo'ymaylik.

Garchi 1,000,000 obunachimiz yoki rasmiy unvonimiz bo'lmasa ham.

@mashrabov_aa / @street_mba
Post #731 5.4K
Ertaga gaplashaylik.

Ertaga ishlaylik.

Ertaga qaror qabul qilaylik.

Ertaga tanlaylik.

Ertaga uchrashaylik.

Bugun uyga borib o'zimizga dam beraylik, agar kayfiyatimiz yomon bo'lsa.

Chunki,

Yomon kayfiyatda aytilgan gaplardan, qilingan ishlardan, qarorlardan, tanlovlardan va o'tgan uchrashuvlardan afsuslanamiz baribir.

"Bugun qilsak bo'lmaydimi" deb so'rashadi hali.

Shunda hech uyalmay, "bugun kayfiyatim juda yomon, to'g'ri yondasha olmasligimi mumkin" deyaveraylik.

@mashrabov_aa / @street_mba
Post #730 6.21K
Shadowing

Entoni Borden kollejda o'qib yurgan paytida idish yuvuvchi bo'lib bir restoranga ishga kiradi.

Yon atrofidagi oshpazlarni ishini kuzatib oshpazlikka qiziqib qoladi.

Xuddi ulardek taom pishirishni o'rganaman deb oshpazlik maktabida o'qib chiqadi.

Va dunyoni eng mashhur shef oshpazlaridan biri bo'ladi. Instagramini o'zida 2,7+ million obunachi yig'iladi.

Lekin,

Uni bu sohaga kirib kelishi qasddan bo'lmagan.

Oshpazlikka muhabbati shunchaki boshqa oshpazlarni kuzatish orqali uyg'ongan.

Professional tilda buni "shadowing" deydi - ya’ni bir mutaxassisga “soya” bo‘lib, uning ishini ichidan kuzatish.

3-4ta kasb ichidan bittasini tanlashda qiynalayotgan bo'lsak,

Tanish bilish qilib bo'lsa ham, shu kasb egalarini ishini 10-15 kun shunchaki soya bo'lib, oldilarida yurib kuzatib ko'raylik.

Shunda biz ishning kundalik ritmini ko'ramiz,

Odamlar aslida vaqtini nimaga sarflashini tushunamiz,

Kasbning yoqimli va zerikarli tomonlarini kashf qilamiz,

O‘zimizni shu muhitda tasavvur qilib ko'ramiz,

Bu kasb uchun kerak bo‘ladigan xarakter bizga mos yoki mos emasligini sezamiz,

Va eng muhimi "haypga" berilmasdan kasb to'g'risida xulosa qilamiz.

Bizga mos keladigan kasb - shunchaki chuqur kuzatishni o'zida mehrimizni qozonadi.

@mashrabov_aa / @street_mba
Post #729 5.19K
Nafs vs. Ambitsiya vs. Himmat

Nafsimizga yo’liqsak:

— Men boy bo‘lishim kerak, deymiz. (Jordan Belfort)

Ambitsiyamizga yo’liqsak:

— Men [X ishda] #1 bo’lmoqchiman, tarixda qolmoqchiman, deymiz. (Aleksandr Makedonskiy)

Himmatimizga yo’liqsak:

— Millionlab odamlarga foyda beradigan [X ishga] umr sarflamoqchiman, deymiz. (Imom Buxoriy)

Himmati oliy insonlarni uchratsak,

Ularni etagini mahkam ushlaylik, qo’yib yubormaylik.

Ular bilan ishlaylik 1-2 yil bo’lsa ham.

Chunki,

Ularni hayoti barakali bo’ladi. Ko’p narsaga ulgurishadi.

Zora bizga ham yuqsa.

@mashrabov_aa / @street_mba
Post #728 5.68K
Sog'inib turaylik

Safarga ko'p chiqib, ishidan bezillagan odamni ko'rmadim.

Safarga ko'p chiqib, oilasidan bezillagan odamni ko'rmadim.

Safarga ko'p chiqib, milliy taomlardan bezillagan odamni ko'rmadim.

Safarga ko'p chiqib, do'stlaridan bezillagan odamni ko'rmadim.

Safarga ko'p chiqib, yurtidan bezillagan odamni ko'rmadim.

Safarga ko'p chiqib, ishxonasidan, hamkasblaridan, xodimlaridan yoki rahbaridan bezillagan odamni ko'rmadim.

Chunki,

Vaqtinchalik ayriliq deyarli hamma narsaga bo'lgan muhabbatimizni mustahkamroq qilar ekan.

Shuning uchun,

Ishdan, odamlardan yoki ilm olishdan ham dam olib turaylik ora-orada, qishlog'imizga safar qilib bo'lsa ham.

Sog'inchimizni uyg'otib turmasak,

Yoki bezillab ketamiz,

Yoki qadriga yetmay qo'yamiz ko'p narsani.

@mashrabov_aa / @street_mba
Post #727 6.48K
Shogird sindromi

Tajribali moliyachi qo'liga shogird oldi.

3 yil ichida shogirdi bemalol 50-100 xodim ishlaydigan korxonalar moliyasini boshqara oladigan darajaga chiqdi.

Bozorda bunday bollarni narxi kamida $2,000+ dan boshlanadi.

Ustozi unga beradigan summa esa $500-600 edi.

Bola uylanaman, ko'proq pul topishim kerak deb boshqa joyga ishga ketdi.

Ustozi bemalol bozorona narx to'lay olar edi, lekin qo'yib yubordi.

Ota-onamiz 30'ga kirsak ham yosh boladek ko'rishadi bizni. Gorshokda o'tirgan paytlarimiz xotiralariga tamg'alangan bo'ladida.

Milliarder bo'lib ketsak ham maktabdagi sinfdoshlarimiz o'sha-o'sha burnimiz oqib yurgan paytimizni eslab muomala qiladi biz bilan.

Ming afsus,

Ba'zi korxonalar ham bizni bozordagi qiymatimizga qarab emas, boshlang'ich kelgan narximizga qarab baho berishadi.

$200'lik shogird deb eslashadi. Kelganimizda hech narsani bilmaganligimiz ham yodida turadi.

Va bunday joylarda butun umr "shogird" bo'lib qolib ketish xavfi bor.

Garchi allaqachon PRO darajasiga chiqqan bo'lsak ham.

@mashrabov_aa / @street_mba
Post #726 5.06K
Yaxshi g‘oya = Tinch qo’ymaydigan g’oya

Ishda yaxshi g'oya kelib qoldi.

1-2 kun g'oyani o'ylab uxlay olmadim.

Izlanishga tushdim.

O'xshash g'oyalarni qidirdim.

Hisob-kitoblarni Excel'ga tashlab ko'rdim.

ROI'ni hisoblab ko'rdim.

SWOT analiz qilib ko'rdim.

Boshqalar bilan muhokama qilib ko'rdim.

Yana 1-2 hafta o'ylashga vaqt berdim o'zimga.

G'oya unutilib ketdi. G'oyadan asar ham qolmadi.

Miyamizga "yaxshi" g'oya kelishi bilan ijroga shoshilmaylik.

Ishni boshlab qo'ygandan keyin g'oya biz o'ylanganchalik "ajoyib" emasligini anglash alamli bo'ladi rosa.

Yo‘qotilgan vaqt, o'xshamagan loyihalar va yopilgan bizneslar yaxshigina iz qoldiradi ichimizda.

Chinakam yaxshi g‘oya bizni tinch qo‘ymas ekan, orqamizdan oylab, kerak bo'lsa yillab yurar ekan.

G’oyani yaxshilab o‘rganib, ma’lumot yig‘ib, hayotga tatbiq etish qanchalik qiyinligini tushunsak ham - baribir u xayolingizdan chiqmayotgan bo'lsagina g'oyani ijrosiga o'taylik.

@mashrabov_aa / @street_mba
Post #725 6.07K
Self-regulation outsourcing

Baquvvat akamiz bor.

Jismoniy holatiga havas qilsa arziydi. Sal kam Arnorld.

Bir necha yildan beri sport bilan shug’ullanadi.

- Nega haliyam murabbiy bilan shug’ullanasiz? Mashg’ulotlarni mustaqil bajara olasiz-ku, - deb so’radik.

- Murabbiy bilan kamida 2-3 soat shug’ullanamiz. O’zim shug’ullanishni boshlagan edim, har xil bahonalar bilan 30-40 daqiqada mashg’ulotni to’xtatar edim. Ba’zida esa zalni ostonasidan qaytib ketar edim, - dedi.

Murabbiy va ustozlar har doim ham bilim va tajriba ulashish uchun emas,

Balki

Boshlagan narsamizni tashlab qo’ymaslik uchun ham kerakligini unutmaylik.

@mashrabov_aa / @street_mba
Post #724 6.38K
Ko'p pul ≠ Mahorat

Mahoratni aniq tekshirish oson bo'lgan sohalarda katta pul topish uchun qisqa yo'llar yo'q.

Tibbiyot, muhandislik, fizika, kimyo, moliya, dasturchilik va shu kabi sohalarda katta pulga chiqish uchun "sochimiz oqarishi" shart.

Mahoratni aniq tekshirish qiyin bo'lgan sohalarda esa katta pul topishga qisqa yo'llar (shortcut) ko'p.

Marketing, biznes konsalting, HR, psixologiya va shu kabi sohalarda o'zini sotishdan boshqa hech narsani bilmaydigan va ko'p pul topayotgan "mutaxassislar" serob.

Shunday ekan,

Ko'p pul topadigan inson har doim ham mahoratli inson degani emas.

Ular shunchaki gapga usta va "shortcutlari" ko'p soha egalari bo'lishlari mumkin.

@mashrabov_aa / @street_mba
Post #723 7.14K
Qarama-qarshi jins bilan do’stlik haqida

Erkak va ayol o’rtasida hamkasblik munosabati bo’lishi mumkin,

Rahbar va xodim munosabati bo’lishi mumkin,

Tanish bilishchilik munosabati bo’lishi mumkin (eski sinfdoshlar masalan),

Ustoz va shogird munosabati bo’lishi mumkin,

Er va xotir munosabati bo’lishi mumkin,

Lekin,

Yaqin do’st munosabati bo’lishi deyarli mumkin emas.

“Do’stlik” qurmoqchi bo’lgan shaxslarni eslaylik,

99,9% holatda ularning munosabatlari “do’stlikdan” chetga chiqib ketadi.

Buni yomon joyi yo’q, agar ikkala tomon ham oila qurmagan bo’lsa. Baxtli bo’lishsin.

Ammo,

Turmush o’rtog’imiz bo’lsa bunaqa “do’stlik” bilan o’zimizni sinamaylik. Yaxshilik bilan tugamaydi.

@mashrabov_aa / @street_mba
Post #722 7.21K
Oshkor qilmaylik

Halol yo’lga kirishimdan oldin odamlarni aldab pul topar edim, dedi.

Namozni ushlashimdan oldin ko’p zino qilar edim, dedi.

Zalga chiqishimdan oldin do’stlarim bilan bitta o’tirishda bir yashik aroqni ichib qo’yar edik, dedi.

To’g’ri yo’lga kirib o’tmishdagi gunohlarimiz haqida so’zlashimiz xato ekan.

Chunki,

Birinchidan. Alloh berkitgan gunohlarimizni nima qilamiz ochib?

Ikkinchidan. Avval qilgan gunohlarimizni gapirish kibrimizni oshishiga olib keladi. “Men ko’pni ko’rib qo’yganman” degan tuyg’u uyg’onadi ichimizda.

Uchinchidan. O’zimiz bilmagan holda gunoh qilishni propaganda qilib qo’yishimiz mumkin. Suhbatimizni eshitgan kishida “keyinroq to’g’ri yo’lga kirsa ham bo’lar ekan” degan fikr uyg’otamiz.

Shunday ekan,

Gunohlarimizni hikoya qilish ham bir gunohligini unutmaylik.

@mashrabov_aa / @street_mba
Older posts →

About this channel

How can I read @mashrabov_aa without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for 20 yoshimda tushunganimda edi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does 20 yoshimda tushunganimda edi have?
20 yoshimda tushunganimda edi (@mashrabov_aa) has 6.31K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does 20 yoshimda tushunganimda edi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →