TGViewer
20 yoshimda tushunganimda edi 20 yoshimda tushunganimda edi @mashrabov_aa · 6.31K subscribers
Post #722 7.21K
Oshkor qilmaylik

Halol yo’lga kirishimdan oldin odamlarni aldab pul topar edim, dedi.

Namozni ushlashimdan oldin ko’p zino qilar edim, dedi.

Zalga chiqishimdan oldin do’stlarim bilan bitta o’tirishda bir yashik aroqni ichib qo’yar edik, dedi.

To’g’ri yo’lga kirib o’tmishdagi gunohlarimiz haqida so’zlashimiz xato ekan.

Chunki,

Birinchidan. Alloh berkitgan gunohlarimizni nima qilamiz ochib?

Ikkinchidan. Avval qilgan gunohlarimizni gapirish kibrimizni oshishiga olib keladi. “Men ko’pni ko’rib qo’yganman” degan tuyg’u uyg’onadi ichimizda.

Uchinchidan. O’zimiz bilmagan holda gunoh qilishni propaganda qilib qo’yishimiz mumkin. Suhbatimizni eshitgan kishida “keyinroq to’g’ri yo’lga kirsa ham bo’lar ekan” degan fikr uyg’otamiz.

Shunday ekan,

Gunohlarimizni hikoya qilish ham bir gunohligini unutmaylik.

@mashrabov_aa / @street_mba
More from @mashrabov_aa
  1. Oct 17, 2026O’zimizni moliyaviy muammolarimiz ko’p bo’lsa moliyaviy muammolari bor qizga uylanmaylik.…
  2. Oct 16, 2026Ahmoqona o'yinlarda raqobat qilsak faqat ahmaqona sovg'alar yutar ekanmiz. Ko'pchilik o‘yn…
  3. Oct 7, 2026Do’stimizni do’sti Umumiy (общий) do’stimiz bo’lishi munosabatlarimizni mustahkamlaydi. Um…
  4. Sep 27, 2026Nol nuqtasi ≠ Mag’lubiyat nuqtasi Birinchi yil ekkan ko’chatimiz hosil bermagan bo’lsa, Sh…
  5. Sep 18, 2026Kelajagimizni o’g’irlaydi O’zini ishidan tashqari taksi qilar edi. Jami $1,000 daromadi bo…
  6. Sep 14, 2026Hayot chiziqli ishlamaydi Chumoli o'zini vaznidan 50 barobar og'ir narsani ko'tara oladi.…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →