TGViewer
Street MBA / Abror Mashrabov bilan Street MBA / Abror Mashrabov bilan @street_mba · 1.81K subscribers
Post #119 1.72K
Psixologik pora

Natija qilmayotgan xodim bilan,

Ichki qoidalarni muntazam ravishda buzadigan xodim bilan,

Fitna tarqatadigan xodim bilan,

Yoki hamma bilan konfliktga boradigan xodim bilan issig'ida gaplashish "joyiga qo'yib qo'yish" psixologik xotirjamligimizni ("komfortimizni") buzadi.

Asabiylashamiz, birovni kayfiyatini buzamiz, o'zimiznikini ham.

Komfortimiz buzilishini esa hech qaysimiz yoqtirmaymiz.

Komfortimizni saqlab qolish uchun "psixologik pora" beramiz xodimga.

Ya'ni, "men seni tegmayman, sen meni tegmaysan" pozitsiyasini egallaymiz.

"Psixologik pora" berib muammoni yashirishimiz mumkin,

Lekin,

Vaqt o'tgan sari muammoni narxi qimmatlashib boradi.

Shuning uchun,

Vaziyat nazorat ostidan chiqib ketmasin desak "psixologik komfortimizni" qurbon qilaylik. Va noqulay suhbatlarni boshlashni cho'zmaylik.

#boshqaruv

@street_mba / @mashrabov_aa
More from @street_mba
  1. Sep 19, 20264+1 sabab Xodim biror vazifani bajarmasligini 5ta sababi: 1. Vaqti yo'q. Boshqa vazifalar…
  2. Sep 5, 2026Merfi qonuni Yaqinimiz bir mahsulot import qiladi. Mahsulotni bozorga tanitib olish uchun…
  3. Aug 29, 2026Ko'rinmas majburiyat Dam olib turish rahbar sifatida biror kun foydalansak bo'ladigan huqu…
  4. Aug 28, 2026May oyida boshlangan cloz.uz loyihamiz bo'yicha bir necha yangiliklar: 1) Rezyume bazasida…
  5. Aug 22, 2026Zaif natija ≠ Zaif jamoa Tarkibida Zidane, Ronaldo, Figo, Beckham, Roberto Carlos, Raul va…
  6. Aug 12, 2026Oylik syurpriz bo‘lmasin Xodimlarga mukofot tizimini (KPI) joriy qildikmi? Sodda qilaylik.…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →