Korporativ vabo
1347–1353 yilda butun Yevropani vabo (чума) bosib oldi.
Jamiyatni xavf ostiga qo’ymaslik uchun kasallarni shahardan uzoqroqdagi maxsus izolyatsiyalashtirilgan joylarga chiqarib yuborishgan.
Vabo tarqagan vodiylardan kelgan kemalarni 30-40 kun davomida shaharga kirgizishmagan.
Karantin majburiy chora bo’lgan.
Aks xolda butun shahar yoki davlat halok bo’lishi mumkin edi.
Agar korxonamizda quyidagi narsalar bilan shug’ullanadiganlarni ko’rsak ularni ham “karantinga” chiqarib yuboraylik:
- g’oyalarni emas, shaxslarni muhokama qilishadi;
- yechimlarni emas, faqat muammolarni gapirishadi;
- xatolarni tuzatishga emas aybdor qidirishga vaqt sarflashadi.
Oqibatda,
“Eng tajribali” va “eng ishongan“ xodimlarimiz yoki ketishni boshlashadi,
Yoki ular ham virus tarqatuvchilar qatoridan joy olishadi.
Xullas,
“Negativchilar” faqat muhitni emas,
Balki korxonani o’ldirishadi.
Professional tilda “korporativ vabo” deyiladi bu.
Negativchilarga nisbatan “zero tolerance” strategiyasi qo’llaylik.
#boshqaruv
@street_mba / @mashrabov_aa
Post #114
1.93K